Impact Factor: 2 issn-l: 2544-980x shuhrat Matkarimovning “Yilon” Qissasidagi Dialektizmlar Tahlili


Download 399.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi399.67 Kb.
#1315266
  1   2   3
Bog'liq
34-36 Shuhrat Matkarimovning “Yilon” Qissasidagi Dialektizmlar Tahlili



Vol. 32 (2023): Miasto Przyszłości +62 811 2928008 .  
34 
Miasto Przyszłości 
Kielce 2023 
Impact Factor: 9.2
ISSN-L: 2544-980X
 
Shuhrat Matkarimovning “Yilon” Qissasidagi Dialektizmlar Tahlili 
 
Mashhura Qodirova 
1
 
 
Abstract: Dialektizmning adabiy til, badiiy asar va lingvopoetikada tutgan o„rni ushbu 
maqolada asosiy o„rganish obyektiga olindi. Xorazm adabiy muhitidagi badiiy asarlar tilida 
qo„llanilgan dialektizmlar tahlil qilindi. "Yilon" qissasi tilshunoslik nuqtayi nazaridan til 
fragmentlariga asoslanib o„rganildi. 
Keywords: dialektizm, lingvopoetika, fonetik lingvopoetika, leksik lingvopoetika. 
Shevalar har bir tilning asosini tashkil qiladi. Ular milliy-ma‟naviy qadriyatimiz hisoblanib, har bir 
xalqning tarixini va o„zligini ko„rsatadi. Dialektizmlar adabiy tilimizning ichki oziqlantiruvchi 
hayotbaxsh manbayi, umumxalq mulki, xalq boyligidir. 
Dialektizmlar – adabiy tildagi dialektlarning o„ziga xos hududiy unsurlari sanaladi va tilshunoslikning 
barcha sohalari (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va boshqalar)ga taalluqlidir. Badiiy 
ijodda dialektizmlardan narsa, voqea va hodisaga mahalliy urg„u berish maqsadida qo„llaniladi, 
bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi.
2
Ularni o„rganishga hali 
hamon ehtiyoj mavjud. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “...o„zbek tilining o„ziga xos 
xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog„liq ilmiy tadqiqotlar samarasini 
oshirish zarur”
3
ligi haqidagi fikrlari e‟tiborlidir. 
Atoqli adabiyotshunosi Ozod Sharafiddinov o„zining “Adabiyot tildan boshlanadi” nomli maqolasida 
shunday yozadi: “Rangsiz tasviriy san‟at, ohangsiz musiqa bo„lmaganidek, tilsiz adabiyot ham 
bo„lmaydi. Adabiyotni insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni 
tadqiq qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf qiladi. Biroq bularning 
hammasi adabiyotda til orqali ro„yobga chiqariladi”.
4
Adabiyotda shevaga oid so„zlardan o„rinli 
foydalanish badiiy ijodning ifodaviyligini oshiradi. Ayniqsa, muayyan adib asarlari tilidagi dialektlarni 
lingvopoetik jihatdan tahlil qilish, betakror ona tilimizning jozibadorligini yoritib beruvchi tadqiqot 
bo„lib xizmat qiladi. 
O„zbek adabiyotida Tog„ay Murod, Oshiq Erkin, Matnazar Abdulhakim, Omon Matjon kabi ko„plab 
zabardast ijodkorlar o„z asarlarida shevaga xos so„zlarni qo„llash orqali asarning ta‟sirchanligini 
yanada oshirishgan. Bunga dalil sifatida Omon Matjonning quyidagi misralarni ko„rishimiz mumkin: 
Asalari bilan uch, bol to„plarsan. 
Don yig„ib qumursqalar bilan ishlashib
Omon Matjon she‟rida qo„llangan qumursqalar so„zi Xorazm shevasiga xos dialektizm bo„lib, vohada 
mayda chumolilarga nisbatan ishlatiladi. 
Dialektizmning she‟rda qo„llanishi uning badiiyligini oshiribgina qolmasdan, balki shoirning ham shu 
voha farzandi ekanligiga ishora qilyapti. 
Xususan, Shuhrat Matkarimov ham poetik fikrini ifodalashda badiiy tasvir vositalari va 
dialektizmlarga murojaat qiladi. U “Yilon” qissasida shevaga oid so„zlarni mahorat bilan qo„llagan. 
Quyida biz qissadagi dialektizmlarni tahlil qilishga jazm qildik. 

Download 399.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling