Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet1/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi.Urg‘u. Intonatsiya.

REJA: 1. Nutqning fonetik jihatidan bo‘linishi 2. Bog‘in 3. Fon va fonema 4. Nutq tovushlarining o‘zgarishi 5. Urg‘u 6.Intonatsiya, ohang, melodika 7. Nutq tovushlarining tasnifi va artikulyasiyasi

Fonetika (grekcha phone - ,,tovush’’ so‘zidan) tilshunoslikning inson nutqini ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan tovushlar va tovush vositalari haqidagi sohasidir. Nutq tovushlari va tovush vositalari bo‘lgan bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya murakkab va ko‘p qirralidir. Bular to‘rt tomonlama o‘rganiladi: 1) artikulyatsion tomondan- bunda nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati o‘rganiladi; 2) akustik tomоndan – bunda tovushlar va tovush vositalari qandaydir fizik tebranishlar natijasi ekanligi hisobga olinadi;

3) eshitib his qilish tomoni- bunda nutq tovushlari bog‘in, urg‘u, intonatsiyaning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi; 4) fonologik (yoki funksional) jihatdan – bunda nutq tovushlari va tovush vositalarining tildagi so‘zlar so‘z formalari, frazalar va gaplarni bir – birlaridan farqlash , ularning ma’nosini kengroq ochish uchun xizmat qilish o‘rganiladi.Bular artikulyatsion fonetika, akustik fonetika va fonologiya deb yurutiladi.

O‘rganish sohasi, vazifalariga ko‘ra fonetika ikki turli bo‘ladi: umumiy fonetika va xususiy fonetika. Umumiy fonetika barcha tillarga xos bo‘lgan talaffuz xususiytlarini o‘rganadi. Xususiy fonetika biror konkret tilga xos bolgan talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi, masalan rus tili fonetikasi, o‘zbek tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra fonetika ikki turli bo‘ladi: nazariy fonetika va amaliy yoki normativ fonetika

Nazariy fonetika biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif qiladi. Amaliy yoki normativ fonetika biror tilning talaffuziga o‘rgatish maqsadida tuziladi. Masalan, ingliz tilining amaliy fonetikasi ingliz tilini o‘rganuvchilar sodda holda mashqlar yordamida izohlab beriladi.


Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling