Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya
Download 180.71 Kb.
|
Fonetika. Fon va fonema
Mantiqiy urg‘u gap bo‘laklaridan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishini taminlaydi. Odatda, so‘zlovchi o‘ziga muhim sanagan bo‘lakka logik urg‘u tushiradi va bu orqali o‘sha gap bo‘lagining ma’nosi kuchaytiriladi. Mantiqiy urg‘u olgan gap bo‘lagi kesimdan oldin joylashadi. Masalan: 1. Biz kecha kutubxonaga bordik (boshqa joyga emas) 2. Biz kutubxonaga kecha bordik (boshqa kuni emas) 3. Kutubxonaga kecha biz΄ bordik (boshqalar emas)Ingliz tilidagi be fe’li ham suppletivizmga yaxshi misoldir. Be – infinitiv forma, uning ma’nosi bo‘lmoq, hozirgi zamon, birlik, birinchi shaxsda am, ikkinchi shaxsda are, uchunchi shaxsda is, o‘tgan zamon birlikda was, ko‘plikda were ko‘rinishga ega.Nemis tilidagi sein fe’li ham (shu ma’noda) birinchi shaxs, birlik, hozirgi zamonda bin, ikkinchi shaxsda bist, uchunchi shaxsda esa ist formasiga ega; sein va keltirilgan formalar orasida hech qanday umumiylik yo‘q, chunki ular boshqa- boshqa fe’l o‘zaklaridan yasalgan. Rus tilidagi идти fe’lining o‘tgan zamon formasi шел, шли ham suppletiv yo‘l bilan yasashga misoldir.Nutq tovushlari tasnifi. Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar.Unli tovushlar faqat ovoz ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning uchun unli tovushlarda ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir.Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.Download 180.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling