Fonetika. Fon va fonema. Nutq tovushlari artikulyatsiyasi. Urg‘u. Intonatsiya


Download 180.71 Kb.
bet8/12
Sana12.11.2023
Hajmi180.71 Kb.
#1768247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fonetika. Fon va fonema

3. Prokopa bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi: yirik- irik-iri, yog‘och - ag‘ach. 4. Sinkopa bu hodisa asosan o‘zlashma so‘zlar talaffuzi jarayonida yuzaga kelib, so‘z o‘rtasi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi hamda ayrim hollarda tushiriladi: traktor-traktir, direktor - direktir, doktor - duxtir. 5. Anakopa so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasidir: do‘st - do‘st, go‘sht - go‘sh, gazeta - gazet, smena-smen, mashina-moshin.

6. Eliziya unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlanadigan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza olmoq - yozolmoq, bera olmoq - berolmoq; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushadi: borar ekan - borarkan, borar emish - borarmish, borar edi - borardi; v) so‘zlar tarkibida bir yo‘la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qolishi eliziyaning murakkab shaklini yuzaga keltiradi: Abdusalom - Absalom, Abusami - Apsami, olib kel - opke.

7. Reduktsiya so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda tor unlining kuchsiz talaffuz etilishidir. Masalan: pishiq, pishak, qiliq so‘zlaridagi birinchi i unlisi nihoyatda kuchsiz talaffuz qilinishi bunga misol bo‘la oladi. Ba’zan so‘zga biror affiks qo‘shilishi bilan o‘zakdagi tor unli kuchsizlanib, tushib qolishi ham mumkin: burun - burni, egin - egni, o‘g‘il - o‘g‘li, singil - singlim kabi. Mazkur holat pozitsion o‘zgarish doirasida sodir bo‘ladi.

Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh tovushlar. Unli tovushlar faqat ovoz (un) ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi.


Download 180.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling