Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini shakllan-tirishda ona tilini o'rgatishning ahamiyati. Ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari
-§. Bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi
Download 86.16 Kb.
|
Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- -maslik affiksi
- 12 Fellarda zamon mavzusini organish. Fellarda shaxs-son qoshimchalari. Felni organish jarayonida oquvchilar nutqini ostirish.
4-§. Bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi. Tildagi har qanday fe’l bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsiz shakl esa uning inkorini ifodalaydi: keldi- kelmadi. Fe’lning bo‘lishli shakli maxsus grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi. Chunki uning bosh shakli doimo bo‘lishli bo‘ladi. Bo‘lishsizlik esa quyidagi kabi maxsus vositalar yordamida ifodalanadi:
-ma affiksi deyarli barcha fe’l shakllarida bo‘lishsizlik ifodalash uchun xizmat qiladi: kelmadi, kemagan, kelmabdi kabi. Fe’lning ba’zi vazifadosh shakllarining bo‘lishsizligini hosil qilishda –ma affikisining quyidagi morfologik shakllaridan foydalaniladi: -maslik affiksi harakat nomining bo‘lishsiz shaklini yasaydi: aytish-aytmaslik, borish-bormaslik kabi. -may\-mayin affiksi fe’lning –b(-ib) affiksi bilan yasaluvchi ravishdosh shaklining bo‘lishsiz shaklini yasashda ishlatiladi : bilib-bilmay, ko‘rib-ko‘rmay. 12 Fe'llarda zamon mavzusini o'rganish. Fe'llarda shaxs-son qo'shimchalari. Fe'lni o'rganish jarayonida o'quvchilar nutqini o'stirish. REJA: FE’L. FE’L ZAMONLARI FE’L MAYLLARI. FE’L NISBATLARI. FE’LNING XOSLANGAN SHAKLLARI. FE’LLARNING YASALISHI. FE’LLARNING SINTAKTIK VAZIFASI. Harakat va holat ma’nosini bildiradigan mustaqil so‘z turkumiga fe’l deb ataladi. O‘zbek tilida fe’l rus tilidagi kabi tugallangan yoki tugallanmagan turlarga bo‘linmaydi.O‘zbek tilida fe’l o‘zagi yoki negiziga -moq harakat nomi qo‘shimchasini qo‘shish bilan uning noaniq shakli hosil qilinadi: surmoq, haydamoq, qo‘zg‘amoq, tishlamoq, so‘zlamoq, tunamoq kabi. Fe’lning tub yoki yasama shaklidan zamon, mayl, nisbat, shaxs-son va boshqa shakllar hosil qilinadi. Fe’lning mayl, zamon va shaxs-son shakllarini olib o‘zgarishi tuslanish deyiladi. Fe’llar ish-harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalashga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1. Bo‘lishli fe’llar. Bunday fe’llar ish-harakatning uchala zamondan birida bajarilishini, tasdig‘ini bildiradi: keldi, olyapti, ko‘rmoqchiman, Yugurding, to‘qiysiz kabi. 2. Bo‘lishsiz fe’llar esa ish-harakatning uchala zamondan birida bajarilmasligini, inkorini bildiradi: uchmadi, sezmayapti, olmoqchi emas kabi. U o‘zbek tilida bo‘lishsizlik ma’nosi -та, -mas qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish orqali, emas toliqsiz fe’li, yo‘q va na yordamchi so‘zlar vositasida hosil bo‘ladi: Yurma, tortmayman, о‘zgarmassan, qo‘rqmas, burmoqchi emas, shoshgan emasmiz, па o‘qiydi, na yozadi kabi. Fe’l nutq jarayonida so‘zlovchi, tinglovchini hamda suhbatda ishtirok etmayotgan shaxsning harakatini ham ifodalashi mumkin. O‘zbek tilida shaxslarning harakat va holatini birlik hamda ко‘plik sonda ifodalovchi tegishli tuslovchi qo‘shimchalar mavjud. Bu quyidagilar: Birlik sonda Ko‘plik sonda I sh. fe’l + zamon + man, + m fe’l + zamon + miz, + к II sh. fe’l + zamon + san, + ng fe’l + zamon + siz, + ngiz III sh.fe’l + zamon + ti, — fe’l + zamon + ti, + lar O‘zbek tilida ham fe’lning uch zamoni mavjud. 1. O‘tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. O‘zbek tilidagi fe’l zamonlari bir necha shakllarga egaligi bilan rus tilidan farq qiladi. O‘tgan zamon fe’li va uning shakllari. O‘tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalaydi. O‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’li hozirgi va kelasi zamon fe’llariga nisbatan ko‘proq shakllarga ega. Aniq o‘tgan zamon shakli fe’l o‘zagi yoki negiziga -di zamon va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Uning tuslanishi quyidagicha: Tasdiq shakli Birlik sonda Ko‘plik sonda 1sh. ko‘r-di-m ko‘r-di-k II sh. ko‘r-di-ng ko‘r-di-ngiz III sh. ko‘r-di - ko‘r-di-lar Inkor shakli Birlik sonda Ko‘plik sonda I sh. ko ‘r-ma-di-m ko‘r-ma-dik II sh. ko‘r-ma-di-ng ko‘r-ma-di-ngiz III sh. ko‘r-ma-di ko‘r-ma-di-lar So‘roq shakli Birlik sonda Tasdiq shakli Inkor shakli I sh. ko‘r-di-m-mi ко 'r-ma-di-m-mi? II sh. ko‘r-di-ng-mi? ко 'r-ma-di-ng-mi? III sh. ko‘r-di-mi? ko‘r-ma-di-mi? Ko‘plik sonda Tasdiq shakli Inkor shakli I sh. ko‘r-di-k-mi? ko‘r-ma-di-k-mi? II sh. ko‘r-di-ngiz-mi? ко‘r-ma-di-ngizmi? III sh. ko‘r-di-lar-mi? kо‘r-ma-di-lar-mi? Aniq o‘tgan zamon shakli ish-harakat so‘zlovchining ko‘z oldida yoki uning ishtirokida bajarilganini anglatadi. Masalan: Men bu yil «Chimyon» sanatoriyasida dam oldim. U hozirgina poyezddan tushdi. Yaqin o‘tgan zamon shakli. O‘tgan zamon fe’lining bu shakli fe’l o‘zagi yoki negiziga -gan hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi va nutq so‘zlanib turgan paytdan ancha ilgari sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Tasdiq shakli Birlik sonda Ko‘plik sonda I sh. ko‘r-gan-man ko‘r-gan-miz II sh. ко‘r-gan -san ко‘r-gan -siz III sh. ко‘r-gan - ко‘r-gan-lar Inkor shakli Birlik sonda I sh. кo‘r-ma-gan-man, ko‘r-gan-im yo‘q II sh. ko‘r-ma-gan-san, ko‘r-gan-ing yo‘q III sh. ko‘r-ma-gan, ko‘r-gan-i yo‘q ко‘r-gan emas-man ко‘r-gan emas-san ко‘r-gan emas – Ko‘plik sonda I sh. ko‘r-ma-gan-miz, ko‘r-gan-imiz yo‘q II sh. ko‘r-ma-gan-siz, ko‘r-gan-ingiz yo‘q III sh. ko‘r-ma-gan-lar, ko‘r-gan-lari yo‘q kо‘r-gan emas-miz ко‘r-gan emas-siz ко‘r-gan emas-lar So‘roq shakli Download 86.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling