Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini shakllan-tirishda ona tilini o'rgatishning ahamiyati. Ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari


Boshlang'ich sinflarda sifatni o'rganish tizimi. Mavzuni o'rganishning vazifalari. Sifatni o'rganish jarayonida leksik-stilistik ishlar


Download 86.16 Kb.
bet10/18
Sana04.11.2023
Hajmi86.16 Kb.
#1747103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish -fayllar.org

8 Boshlang'ich sinflarda sifatni o'rganish tizimi. Mavzuni o'rganishning vazifalari. Sifatni o'rganish jarayonida leksik-stilistik ishlar.

Reja:
1. Sifatni o‘rganish izchilligi.
2. Sifatni o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi.
3. Sifat tushunchasini shakllantirish bosqichi.
4. Sifatning ma’no turlari bilan tanishtirish.
5. Sifatlarning imlosini o‘rgatish.
Bunda o‘qituvchi oddiydan murakkabga, osondan qiyinga qarab ish tutadi. O‘quvchiar I sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, unga qanday? qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar. II sinfda sifat so‘z turkumi sifatida, III sinfda esa o‘tilganlar takrorlanib, grammatikaga bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan hosil bo‘lgan qiyosiy hamda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (termin aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi.
Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi.
Sifatning ma’no guruhlari:
1. Rang-tus: oq, qora, qizil, pushti, moviy, tiniq …
2. Xususiyat: chiroyli, quvnoq, sodda, mug‘ombir, sho‘x, ziqna, bilag‘on …
3. Shakl- hajm: keng, yassi, novcha, dumaloq, uzunchoq …
4. Holat: sovuq, iliq, ochiq, tinch, issiq, jazirama …
5. Ma’za-ta’m: shirin, nordon, bemaza, achchiq, sho‘r, mazali…
6. Hajm-o‘lchov : keng, tor, uzun, yaqin, katta, uzoq, qisqa, past, baland, kichik …
7. Hid: xushbo‘y, yoqimli, qo‘lansa, sassiq …
8. Vaqt: yozgi, kuzgi, bahorgi, ertapishar, kechki …
Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. I sinf o‘quvchilari so‘roq yordamida otga bog‘langan sifatarni aniqlashga harakat qilishadi.
Boshlang‘ich sinflarda ,,sifat“ mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
1) sifat bilan dastlabki tanishtirish ( I sinf ); 2) sifat haqida tushuncha berish( II sinf ); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish ( III sinf ).
Sifat bilan (terminsiz) dastlabki (1-bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshlanadi.

Qizil uzun katta oynali

shirin olma keng lenta chiroyli daraxt shkaf

yumaloq ko‘k sershox baland
ko‘m-ko‘k
Qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: ,,sifat“ tushunchasini shakllantirish va o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmuniga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi.


shirin baland tikanli ehtiyotkor

suvli shaftoli g‘ishtli bino kichkina tipratikan ayyor tulki

tuksiz chiroyli foydali yovvoyi
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish bilan bog‘liq holda - roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi.



Download 86.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling