Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish metodikasi Kichik yoshdagi o'quvchilarda ilmiy dunyo-qarash elementlarini shakllan-tirishda ona tilini o'rgatishning ahamiyati. Ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari
So’zning mоrfеmik strukturasidagi o’zgarishlar
Download 86.16 Kb.
|
Fonetika, grammatika, so‘z yasalishi va orfografiyani o‘rgatish -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
So’zning mоrfеmik strukturasidagi o’zgarishlar. Aytilganidеk, til taraqqiyoti natijasida so’zning sеmantik, fоnеtik strukturasida bo’lgani kabi, mоrfеmik tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar yuz bеradi. Ularning har хil ko’rinishlari bоr:
1.So’z va qo’shimcha birlashib, so’z tublashishi mumkin: yuksal, yuksak. 2.So’z va qo’shimcha birlashib, ular yaхlitlanishi mumkin: birоn, birоr, bеzоr. Qo’shimcha bunday zichlashishi natijasida o’z invarianti – mоrfеmasidan uzilishi mumkin. 3.So’z va qo’shimcha оrasidagi alоqa sоddalashishi mumkin: yumshоq, qattiq. 4.So’z qo’shimcha hоliga kеlishi, murakkab qo’shimchalar bir-biriga qo’shilib kеtishi, ya’ni birlashishi mumkin: bоrib yotibdi – bоrib yatipti – bоryapti; ning + ki=niki. Kеltirilgan hоdisalarga mansub misоllarning barchasi tariхiy yasalishga mansubdir. 4 Boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibini o'rganish metodikasi. So'zningmorfemik tarkibini o'rganish tizimi. O'zak va qo'shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So'z turkumlarini o'rganish bilan bog'liq holda so'zning tarkibi ustida ishlash Reja: 1.So‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati hamda bu jarayondagi vazifalar. 2.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini o‘rganish metodikasi. So‘z tarkibi to‘rt bosqichda o‘rganiladi: birinchi bosqich; ikkinchi bosqich; v) uchinchi bosqich; g) to‘rtinchi bosqich. asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni So‘zning lug‘aviy ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish tilshunoslikda nazariy asosga ega. Morfema – so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. U ikki turga bo‘linadi: O‘zak morfema – so‘zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so‘zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, ishchilarni, do‘stlik so‘zlaridagi ish, do‘st – o‘zak morfemalar, -chi, -lar, -ni, -lik affiksal morfemalardir Affiksal (qo‘shimchalar) ikki turga bo‘linadi: So‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘zning leksik ma’nosini shakllantiradi. Masalan, o‘rikzor, oqla, binokor, aqlli, o‘rinsiz, tinchlik, do‘stona, ishchan so‘zlaridagi –zor, -la, -kor, -li, -siz, -lik, -ona so‘z yasovchi affikslardir. Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bular so‘zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, ustozlarimizni so‘zida –lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo‘shimchalar bo‘lib, -lar ko‘plik ma’nosini, -imiz egalikning I shaxs ko‘plik ma’nosini, -ni tushum kelishigi ma’nosini bildiradi. O‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini va so‘z yasalishini o‘rganish orqali ulardan ongli foydalana boshlaydi. So‘zning ma’nolarini farqlashga odatlanadi. O‘quvchilar so‘zlarning morfemik tarkibi ustida ishlash asosida yasama so‘zlarni ham farqlashga o‘rganadilar. So‘zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o‘qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog‘liqligini bilib olishiga shart-sharoit yaratishi, ular faoliyatiga rahbarlik qilishi lozim. So‘z yasalishi to‘g‘risidagi elementar bilim o‘quvchilarning so‘z boyligini oshishiga olib keladi. O‘quvchilar tilimizning yangi so‘zlar bilan boyishining asosiy manbalaridan biri so‘z yasalishi ekanini anglab yetadilar. So‘z yasalishini o‘rganish o‘quvchilar lug‘at boyligini o‘stiradi. Masalan, traktor – traktorchi, kombayn – kombaynchi. So‘zda morfemani anglash, o‘quvchi nutqining aniq shakllanishini ta’minlaydi. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchida imloviy malakaning shakllanishiga olib keladi hamda ularning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, so‘zni ongli bilib olish uchun maxsus aqliy ko‘nikmani rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Dasturga asosan so‘zning morfemik tarkibi 3-sinfda o‘rganiladi. 4-sinfda esa qisman takomillashtirilgan holatda o‘rgatish nazarda tutilgan. - dastur meterialini o‘rganish tizimida so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning o‘rni bilan; - “o‘zak”, “o‘zakdosh so‘z”, “so‘z yasovchi qo‘shimcha”, “shakl yasovchi qo‘shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; - so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishining o‘zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; - morfemalarni to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab beradi. Boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibi to‘rt bosqichda o‘rganiladi: Birinchi bosqich – so‘z yasalishini o‘rgatishga tayyorgarlik bosqichi. Bunda bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog‘lanishini tushunishga tayyorlash. Masalan, g‘alla – g‘allakor, pilla – pillakor, gul – gulzor. “Nega kishilar paxta ko‘p ekilgan joyni paxtazor (paxta - paxtazor), darxt ko‘p ekilgan joyni daraxtzor (daraxt - darxtzor) deb nomlashgan?” Ikkinchi bosqich – bir xil o‘zakli so‘zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. lik bon do‘st bog‘ ona dorchilik dosh chi o‘rin li gul dor la zor la Uchinchi bosqich – o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarning xususiyatlarini o‘rgatish. Bunda o‘quvchi o‘zakning o‘zakdosh so‘zlarga asos bo‘ladigan qism ekanini bilib oladilar. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash. Masalan, ish-ishchi, ishli, ishchan, ishla. So‘z yasovchi qo‘shimchani ongli o‘zlashtirish uchun quyidagi mashqlar guruhidan foydalanilsa, yaxshi samara berishi mumkin: Birinchi guruh mashqlari: chi la gul ish
Ikkinchi guruh mashqlar:
suv chi maktab dosh gul qishloq Uchinchi guruh mashqlar: Soatsoz soatni tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi. Download 86.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling