Fonetika va fonologiya fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligi va farqlari


Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishi


Download 61.08 Kb.
bet5/10
Sana28.01.2023
Hajmi61.08 Kb.
#1136627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fonetika va fonologiya fanlarining o

Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishi
Nutq jarayonida turli tovush o‘zgarishi yuzaga keladi: ba’zi tovushlar qisqa talaffuz qilinadi, yoki biri ikkinchisi tomonidan moslashtiriladi, ba’zan tovushlar tushirilishi yoki orttirilishi, o‘rin almashinishi mumkin. Nutq jarayonida sodir bo‘ladigan bu singari o‘zgarishlar tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari deyiladi.
Kombinator o‘zgarishlar. Bunday fonetik hodisalar qatoriga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi.
1. Assimilyatsiya. Qator kelgan noo‘xshash nutq tovushlarining bir-biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisini o‘ziga moslashtirgan holda, o‘xshash tovushga aylanishi assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi:
Progressiv assimilyatsiya. Talaffuz jarayonida oldingi noo‘xshash tovush keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani progressiv assimilyatsiya deyiladi: ket+di=ketti, ot+dan=ottan, yet+di=yetti, to‘k+gan=to‘kkan, buyruq+ga=buyruqqa, yurak+ga=yurakka.
Regrissiv assimilyatsiya. Keyingi noo‘xshash tovush oldingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga o‘xshatsa, moslashtirsa, bu hodisani regrissiv assimilyatsiya deyiladi: yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, tuz+siz=tussiz, bir+ta=bitta, non+voy=novvoy.
2. Dissimilyatsiya. So‘zning bir o‘rnida yoki turli o‘rinlarida o‘xshash tovushlarning talaffuz paytida noo‘xshash tovushga aylanishi dissimilyasiya Deyiladi. Dissimilyasiya ham assimilyatsiya hodisasi singari ikki turga bo‘linadi:
Progressiv dissimilyatsiya keyin kelgan o‘xshash tovushning talaffuzda noo‘xshash tovushga aylanishidir: zarar-zaral, zarur-zaril, kissa-kista.
Regressiv dissimilyatsiya oldin kelgan o‘xshash tovushning talaffuzda noo‘xshash tovushga aylanishidir: koridor - kalidor, ittifoq - intifoq, nodon - lodon.
3. Metateza. Og‘zaki nutqda ba’zan yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o‘rni almashinishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon metateza deyiladi: daryo - dayro, (r-y), yomg‘ir - yog‘mir (m-g‘), ahvol - avhol (v-h) tuproq - turpoq (p-r), aylanmoq - aynalmoq (n-m).

Download 61.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling