Fonetika va fonologiya fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligi va farqlari


Download 61.08 Kb.
bet1/10
Sana28.01.2023
Hajmi61.08 Kb.
#1136627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fonetika va fonologiya fanlarining o


Fonetika va fonologiya fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligi va farqlari
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Fonetika haqida umumiy ma’lumot

  2. Tovush va fonema

  3. O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi

  4. Fonologiya

  5. Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi

XULOSA
ADABIYOTLAR

Fonetika - grekcha phone "tovush" so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bo‘limidir. O‘zbek adabiy tili fonetikasi shu tildagi fonemalar tizimini, ularning nutq jarayonida hosil bo‘lishini, aytilishi (artikulyatsiya) va eshitilishini (akustika) tovush o‘zgarishlarini, so‘z va morfemalarning ma’nolarini ajratishdagi ahamiyati kabilarni tekshiradi. Shuningdek, mazkur bo‘limda bo‘g‘in va urg‘u singari tilning fonetik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hodisalar ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra fonetika, bir tomondan, tilshunoslikning fonologiya, orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, dialektologiya (shevashunoslik), grammatika bo‘limlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fizika (akustika bo‘limi bilan) va fiziologiya sohalari bilan aloqadordir.


Fonetikaning bo‘limlari. Tilning moddiy tayanchi bo‘lgan nutq tovushlarini qiyosiy va tarixiy jihatdan, hozirgi holati nuqtai nazardan, texnik-tajriba asosida o‘rganish mumkin. Shunga ko‘ra fonetika quyidagi qismlarga ajratiladi.
1.Umumiy fonetika. Bu bo‘limda qarindosh va noqardosh tillarning fonetik tizimiga oid ilmiy xulosalar, fonetikaning tarkibi, nutq tovushlari va ularning turlari, ulardagi har xil o‘zgarishlar xususida umumiy ma’lumot beriladi.
2.Tarixiy fonetika. Bunda muayyan bir tilning fonetik tizimidagi taraqqiyot va o‘zgarishlar, xususan, ba’zi tovushlarning iste’moldan chiqishi yoki yangi tovush va tovush variantlarining yuzaga kelish sabablari tekshiriladi. Mazkur masalalar shu tilda so‘zlashuvchi xalq tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

Download 61.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling