Fonetika va fonologiya fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligi va farqlari


Download 61.08 Kb.
bet6/10
Sana28.01.2023
Hajmi61.08 Kb.
#1136627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Fonetika va fonologiya fanlarining o

Pozitsion o‘zgarishlar quyidagilar: proteza, epenteza, prakopa, anakopa, sinkopa, eliziya, reduktsiya.
1. Proteza so‘z boshida bitta unlining orttirilishi proteza hodisasi deyiladi: stol - istol, stul - istul, stakan - istakan.
2. Epenteza so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida i, ba’zan u va a unlisi orttiriladi: fikr - fikir, hukm - hukum, umr-umur, doklad - dokalad, mashq - mashiq, bank-banka, tank-tanka.
3. Prokopa bunda so‘z boshida ba’zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi: yirik- irik-iri, yog‘och - ag‘ach.
4. Sinkopa bu hodisa asosan o‘zlashma so‘zlar talaffuzi jarayonida yuzaga kelib, so‘z o‘rtasi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi hamda ayrim hollarda tushiriladi: traktor-traktir, direktor - direktir, doktor - duxtir.
5. Anakopa so‘z o‘zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasidir: do‘st - do‘st, go‘sht - go‘sh, gazeta - gazet, smena-smen, mashina-moshin.
6. Eliziya unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlanadigan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza olmoq - yozolmoq, bera olmoq - berolmoq; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushadi: borar ekan - borarkan, borar emish - borarmish, borar edi - borardi; v) so‘zlar tarkibida bir yo‘la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qolishi eliziyaning murakkab shaklini yuzaga keltiradi: Abdusalom - Absalom, Abusami - Apsami, olib kel - opke.
7. Reduktsiya so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining, odatda tor unlining kuchsiz talaffuz etilishidir. Masalan: pishiq, pishak, qiliq so‘zlaridagi birinchi i unlisi nihoyatda kuchsiz talaffuz qilinishi bunga misol bo‘la oladi.
Ba’zan so‘zga biror affiks qo‘shilishi bilan o‘zakdagi tor unli kuchsizlanib, tushib qolishi ham mumkin: burun - burni, egin - egni, o‘g‘il - o‘g‘li, singil - singlim kabi. Mazkur holat pozitsion o‘zgarish doirasida sodir bo‘ladi.

Download 61.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling