Fonetika va fonologiya; nutq apparati; ona tilining unli tovushlar tizimi reja
Download 30.83 Kb.
|
Fonetika va fonologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra
- Tilning vertikal harakatiga ko‘ra
O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifiHozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (ingl. unli degan ma’noni bildiradi9) deb yuritiladi. Unlilar hosil boʻlishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi: tilning gorizontal harakatiga ko‘ra; tilning vertikal harakatiga ko‘ra; lablarning ishtirokiga ko‘ra. Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi: old qator unlilar: i, e, a; orqa qator unlilar: u, o‘, o. Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi. Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi: yuqori (tor) unlilar: i, u; o‘rta (keng) unlilar: e, o‘; quyi (keng) unlilar: a, o. 9 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 843. Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi: lablangan unlilar: u, o‘, o; lablanmagan unlilar: i, e, a. Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi. Download 30.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling