Fonetika va fonologiya; nutq apparati; ona tilining unli tovushlar tizimi reja


Download 30.83 Kb.
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi30.83 Kb.
#1819166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika va fonologiya-fayllar.org

Unli fonemalar


Undosh fonemalar

1.

Unli fonemalar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hеch qanday
to‘siqqa uchramasdan o‘tadi.


Undosh fonemalarni hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi.



2.

Unlilarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin.


Undoshlarni cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi



3.

Unlilar talaffuzida un paychalari albatta titraydi.

Undoshlar talaffuzida un paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda),

titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.


4.

Unlilar bo‘g in hosil qilib biladi: a- ka, o-i-la, mu-do-fa-a.


Undoshlar bo‘g‘in hosil qilib bilmaydi, ular boʻgʻin tarkibida


kelishi mumkin.




O‘zbek adabiy tili unli fonemalari va ularning tasnifi


Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unli fonemalar oltita: i, e, a, u, o‘, o. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (ingl. unli degan ma’noni bildiradi9) deb yuritiladi.
Unlilar hosil boʻlishida til va lablar faol ishtirok etadi, shuning uchun ular tasnifi uch xususiyatga asoslanadi: tilning oldinga yoki orqaga harakat qilish darajasiga, tilning tanglay tomon ko‘tarilish darajasiga va lablarning ishtirokiga ko‘ra. Shu jihatdan unlilar uch tomondan tasnif qilinadi:
  1. tilning gorizontal harakatiga ko‘ra;


  2. tilning vertikal harakatiga ko‘ra;


  3. lablarning ishtirokiga ko‘ra.




Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
  1. old qator unlilar: i, e, a;


  2. orqa qator unlilar: u, o‘, o.


Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda orqaga tortiladi.



Tilning vertikal harakatiga ko‘ra unlilar uch turga ajratiladi:
  1. yuqori (tor) unlilar: i, u;


  2. o‘rta (keng) unlilar: e, o‘;


  3. quyi (keng) unlilar: a, o.




9 Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 843.
Unlilar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakat sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Masalan, i, u unlilarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi.


Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar ikkiga bo‘linadi:
    1. lablangan unlilar: u, o‘, o;


    2. lablanmagan unlilar: i, e, a.


Unlilar talaffuzida lablar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, u, o‘, o unlilarini hosil qilishda lablar cho‘chchayadi, i, e, a unlilarini hosil qilishda bunday holat kuzatilmaydi.



Download 30.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling