Fonetika va fonologiya; nutq apparati; ona tilining unli tovushlar tizimi reja


Download 30.83 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi30.83 Kb.
#1819166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika va fonologiya-fayllar.org

rasm2. Nafas apparati:



1 – qalqonsimon togʻay; 2 – uzuksimon togʻay; 3 – kekirdak(traxeya); 4 – bronxlar; 5 – bronxlarning ichki tarmoqlari; 6 – oʻpkaning tepa qismi; 7 – oʻpkaning tag (ost) qismi .
.


2 Rasmlar olindi: Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 27-29-betlar.

2-rasm. Boʻgʻiz(hiqildoq):

      1. boʻgʻizning old tomoni: 1 qalqonsimon togʻay; 2 – uzuksimon togʻay; 3 – til osti suyagi; 4 – qalqonsimon togʻayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 – uzuksimon togʻayni qalqonsimon togʻay orasidagi pay; 6 kekirdak(traxeya).




      2. - boʻgʻizning orqa tomoni: qalqonsimon togʻay; 2 – uzuksimon togʻay; 3 - qalqonsimon togʻayning yuqori shoxlari; 4 - qalqonsimon


togʻaynini quyi shoxlari; 5 – choʻmichsimon togʻaylar; 6 – boʻgʻiz qopqogʻI; 7 – traxeyaning pardasimon (orqa) qismi.

3-rasm. Boʻgʻizning koʻndalang kesilgandagi koʻrinishi:



  1. qalqonsimon togʻay; 2- choʻmichsimon togʻaylar; 3 - un paychalarining qirralari; 4

ovoz paychalari orasidagi tirqish.



O‘pka inson organizmini kislorod bilan ta’minlovchi a’zo ekanligi hammaga ma’lum. Nutq a’zosi sifatida esa o‘pka nutq tovushlarining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya’ni inson nafas olganida o‘pka va undagi bronxlar havoga to‘ladi va bu havo oqimi tashqariga qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi.
Havo oqimi nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga tomon harakatlanadi. Bo‘g‘izdagi cho‘michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘aylar un paychalarini ushlab turuvchi a’zolardir. Un paychalari esa ovoz manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o‘xshab havo urilishi natijasida ovoz chiqaradi (simyog‘ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‘z oldingizga keltiring). Og‘iz bo‘shlig‘i tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a’zodir. Til juda ko‘p tovushlarni hosil qilishda ishtirok etadigan a’zodir. Tilning turlicha harakati va holati natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo‘ladi. Kichik til ham ayrim tovushlarning (q, g‘ , x) hosil bo‘lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, cho‘chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida turli tovushlar hosil bo‘ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan sirg‘alib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo‘lishida havo oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘i orqali o‘tib, tashqariga chiqadi. Markaziy asab tizimi nutq a’zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu

harakatni bevosita boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a’zosining tovushlarni hosil qilishda o‘z vazifasi bor.





Download 30.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling