Fonetika va fonologiya,nutq aparati,ona tilining unliva undosh tovushlar tizimi unli va undosh tovushlar tizimi
Download 7.81 Kb.
|
Fonetika va fonologiya,nutq aparati,ona tilining unliva undosh t-fayllar.org
Fonetika va fonologiya,nutq aparati,ona tilining unliva undosh tovushlar tizimi unli va undosh tovushlar tizimi MAVZUFONETIKA VA FONOLOGIYA,NUTQ APARATI,ONA TILINING UNLIVA UNDOSH TOVUSHLAR TIZIMIUNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR TIZIMINutq a’zolari ishtirokida hosil bo’ladigan tovushlar nutq tovushlaridir. Ovozdangina hosil bo’lib, og’iz boshlig’ida to’siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Nutq a’zolari ishtirokida hosil bo’ladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari, birinchidan, bo’g’iz boshlig’ida tovush paychalarining tebranishidan hosil bo’ladigan ovozdan, ikkinchidan, og’iz boshlig’ida nutq organlarida hosil bo’ladigan shovqindan iborat. Ovozdangina hosil bo’lib, og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli fonemelar soni oltita: a, i, e, o’, o. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra: Tili oldi (old qator) unlilar:a,e,I; Til orqa ( orqa qator) unlilar:o,o’,u. 2. Tilning tanglay tomon ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra: Yuqori ko’tarilish (tor) unlilar: i, u. O’rta ko’tarilish (o’rta keng) unlilar: e, o’. Quyi ko’tarilish (keng) unlilar: a, o. 3.Lablarning ishtirokiga ko’ra: Lablangan unlilar: u, o’, o. Lablanmagan unlilar: a, e, i. Unli fonemalar o’zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi.Unlilar faqat un (ovoz)dan hosil bo’ladi; Fonologiya. Fonologiya til tovush qurilishining struktur va funktsional qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha bo‘lib, semiotik (ishoraviy) tizim sifatida nutqni akustik-artikulyatsion aspektda o‘rganadigan fonetikadan farqlanadi. Fonetikaning birligi bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari bo‘lganligi kabi, fonologiyaning birligi so‘zlovchilarning ana shu bevosita kuzatishda berilgan nutq tovushlari asosida yotgan tovush tipi haqidagi ijtimoiy tasavvurlaridir. Har bir fonema kishilar ongida umumiy farqlovchi xususiyatlari asosida vujudga kelgan maxsus «akustik portret» yoki «tovush obrazi» sifatida yashaydi. Bu farqlovchi belgilar tovushlarning artikulyatsion va akustik belgilari asosida vujudga keladi va barqarorlashadi.Download 7.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling