Fonologiya birligi Leningrad fonologiya maktabida fonema nazariyasi Tilning barcha fonemalari
Download 22.46 Kb.
|
leningrad
qil, qiz va h.k.), akustik-artikulyatsion tomondan turli sifatga ega bo‘lsa-da, ammo
biri fonemasining vakillari sifatida «eshitiladi». Shunday qilib, fonema, bir tomondan, barcha ottenkalarning umumlashmasi, ikkinchi tomondan, har qaysisi konkret hollarda mazkur fonemaning vakili hisoblanadi. Fonema ottenkalari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ottenkalar guruhi (fonema) esa boshqa ottenkalar guruhi (fonema)ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Natijada L.V.Shcherba fonemani qisqacha qilib «konkret vaziyatda ottenkalar sifatida namoyon bo‘ladigan umumlashmadir»1 deb izohlaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, fonema qarama-qarshi qo‘yish asosida aniqlanadi. Qarama-qarshi munosabatda bo‘luvchi ikki minimal birlik qarama-qarshi a’zolar hisoblanadi. O‘zaro qarama-qarshi munosabatda bo‘lgan fonemalar bir qator belgilarga ega, shu belgilardan bittasi qarama-qarshi munosabatga kiruvchi fonemalarning biri uchun farqlovchi (differensial), boshqalari farqlamaydigan (nodifferensial yoki irrelevant) belgi hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi t undoshi til oldilik,. jarangsizlik, portlovchilik, burun tovushi emaslik, lablashmaganlik kabi belgilarga ega bo‘lib, bulardagi dastlabki uch belgisi farqlovchi, keyingi ikki belgisi farqlovchi bo‘lmagan belgilar sanaladi. Chunki o‘zbek tilida t undoshi o‘rnida shu keyingi ikki belgiga ko‘ra oppozitsiyaga kirishadigan undosh qo‘llanilmaydi. Tilning barcha fonemalari ma’lum farqlovchi belgilarga ko‘ra guruhlanadi va shu tilning fonemalari sistemasini tashkil etadigan korrelyativ qatorlarni hosil qiladi. Masalan, o‘zbek tilida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlar korrelyativ qatorlarni hosil qiladi. Masalan, p-b, t-d, s-z, k-g, q-g‘, ch-j va h.k. Shu bilan birga, korrelyativ qatorni hosil etmaydigan alohida qarama-qarshi qo‘yish, ya’ni ajratilgan oppozitsiya ham uchrashi mumkin. Masalan, o‘zbek tilida «x», «h» undoshlarining jarangli-jarangsizlikka ko‘rakorrelyativ qatori yo‘q. Chunki ularning jarangli ziddi mavjudmas. Download 22.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling