Forsayt kompetentlik


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ


Download 35.28 Kb.
bet6/9
Sana11.08.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1666399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Forsayt kompetentlik-fayllar.org

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
Yuqoridagi tahlillar asosida muallif tomoni-
dan forsayt kompetentlikning qo’yidagi vari-
antdagi ta’rifi ishlab chiqildi. “Forsayt kompe-
tensiya, bu – boshqaruv sohasidagi mutaxassis-
larning korxona yoki kompaniyaning uzoq, o’rta
va qisqa muddatli kelajagini to’g’ri bashorat-
lash, strategik rejalashtirish, rejalarni bajarili-
shi bo’yicha o’z vaqtida tezkor qarorlar qabul
qilish hamda belgilangan natijaga erishishni
ta’minlash, nazorat qilish va baholash bo’yicha
bilim, malaka hamda uquvlarga ega bo’lishlari,
forsayt kompetentlik esa ushbu bilim, malaka
hamda uquvlardan faoliyat jarayonida foy-
dalana olishga yo’naltirilgan shaxsiy xususiyat-
lari majmuidir”. Mazkur ta’rifga asosan forsayt
kompetentlik modeli ishlab chiqildi (1-rasmga
qarang). Forsayt kompetentlik kasbiy kompe-
tentlikning ajralmas qismi hisoblanadi, shu sab-
abli uni maqsadli kompetentlik deb ta’riflash
ham mumkin.
1
Ushbu kompetentlik menejerning kasbiy
hamda butun hayotiy faoliyatida foydalanishga
mo’ljallangan. Forsayt kompetentlikni shakllan-
tirish va rivojlantirish jarayonini 2 bosqichga
ajratishimiz mumkin: oliy ta’lim muassasasida
1
Sxema muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
o’qish jarayonida forsayt kompetentlikni shak-
llantirish va ishlab chiqarishdagi faoliyati davrida
uni rivojlantirish.
Birinchi bosqichdagi metodlar tarkibin-
ing asosini forsayt metodlari tashkil etadi, shu
bilan bir qatorda o’qitishning interaktiv metod-
lari hamda muammoli o’qitish texnologiya-
sidan kompleks foydalanish ham yaxshi samara
beradi. O’quv shakllari an’anaviy ta’lim tizmi-
dagi muammoli ma’ruzalar, amaliy va seminar
mashg’ulotlari, o’quv-tadqiqot ishlari, malakaviy
amaliyotlardan iborat. O’quv vositalari esa elek-
tron ta’lim resurslari va pedagogik simulyator-
dan iborat.
Forsayt kompetentlikning baholash-natijaviy
komponentini va ularning xarakterlarini bel-
gilovchi asosiy ko’rsatkichlarini qo’yidagi 3 ta
guruhga ajratamiz:
1. Forsayt asosida bashoratlashga oid naz-
ariy bilimlarga ega bo’lish (forsayt metodlarini
o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, forsayt
asosida uzoq, o’rta va qisqa muddatli bashorat-
lash qobiliyatlariga ega bo’lish).
2. Strategik rejalar va yo’l xaritalar ishlab
chiqish (bashorat natijalari asosida strategik
rejalar, yo’l xaritalari ishlab chiqish ko’nikmasiga
ega bo’lish).

Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling