Forsayt kompetentlik


ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ


Download 35.28 Kb.
bet8/9
Sana11.08.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1666399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Forsayt kompetentlik-fayllar.org

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 3 (112)
3. Natijaga erishish, nazorat qilish va bahol-
ash (belgilangan rejalarni bajarish bo’yicha qaror
qabul qilish, nazorat va baholash, natijaga erish-
ish yo’llarini bilish).
Menejerlarning samarali faoliyat yuritishlarida
birinchi o’rinda rejalashtirilgan natijaga erishish
masalasi turadi, forsayt komptentlikning boshqa
omillari (bilim, malaka, qobiliyat va b.) erishilgan
natijaga nisbatan yordamchi komponentlar hiso-
blanadi.
Menejerning faoliyat algoritmi murakkab,
variativ va shaxsga yo’naltirilgan bo’ladi. Mene-
jerning forsayt kompetentligi uning forsaytdan
foydalanish bo’yicha nazariy bilimlari, malakasi
va qobiliyatlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari,
psixologik xususiyatlari (melanxolik, xolerik,
sangvinik va flegmatik) hamda kasbiy tajribasiga
bog’liq holda shakllanadi. Eng asosiysi o’z-o’zini
rivojlantirish va o’z-o’zini baholashga yondashi-
shi hamda o’z malakasidan amaliyotda foy-
dalana olish qobiliyatiga ham bog’liqdir. Bu esa
“Butun umr davomida o’qish” tamoyiliga ham
mos keladi.
Xulosa.
1. Bo’lajak menejerlarda kasbiy kompetent-
likni belgilovchi asosiy komponentlar bilan for-
sayt kompetentlikni belgilovchi komponentlar
o’rtasida uzviy bog’lanish bo’lishi lozim, chunki
forsayt kompetentlik kasbiy kompetentlikning
ajralmas qismi hisoblanadi.
2. Forsayt-kompetentlik menejerning kas-
biy va ilmiy-refleksiv faoliyatida korxona yoki
tashkilotning kelajagini bashoratlashga tayyor-
ligi hamda bashoratlash, strategik rejalar ishlab
chiqish va ularni bajarilishini ta’minlash, nazorat
va baholash bo’yicha qobiliyatlarini shakllangan-
ligi bilan xarakterlanadi.
3. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimida “Menejment” ta’lim yo’nalishi va
magistratura mutaxassisliklari malaka talablarida
“Forsayt kompetentlik” atamasi, o’quv rejada esa
forsayt texnologiyasini o’zlashtirishga oid fanlar
kiritilmagan. Albatta bu bo’lajak menejerlarni
tezkor iqtisodiy-ijtimoiy o’zgarishlar davrida
korxona faoliyatini va inson kapitalini boshqar-
ish, kelajakda korxonaning rivojlanishi hamda
raqobatbardoshligini ta’minlash sohasi bo’yicha
nazariy bilim hamda amaliy ko’nikmalarini to’liq
shakllanishiga imkon yaratmaydi.
Taklif va tavsiyalar.
1. “Menejment” ta’lim yo’nalishida mutax-
assislik fanlarini o’qitishda forsayt texnologi-
yasidan foydalanish va bo’lajak menejerlarda
“Forsayt kompetentlik”ni shakllanishiga erishish
maqsadga muvofiqdir.
2. O’zbekiston oliy ta’lim tizimida jahon
standartlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayy-
orlashda barcha ta’lim yo’nalishlarida, ayniqsa
menejment, iqtisodiyot, xizmatlar sohasi,
logistika kabi yo’nalishlar talabalariga forsayt
texnologiya to’g’risida yetarli ma’lumotlar ber-
ish, o’quv rejalar tanlov fanlari blokiga forsay-
tga oid fanlarni kiritish, ushbu fanlarni o’qitish
metodikalarini takomillashtirish zamon talabi
hisoblanadi.

Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling