Fosforli o'G'itlarning eng muhim xususiyatlari reja


Tuproqdagi fosforning о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishi


Download 35.21 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1483730
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOSFORLI O\'G\'ITLARNING ENG MUHIM XUSUSIYATLARI

Tuproqdagi fosforning о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishi
Oson о‘zlashtiriladigan fosfatlarning miqdori tuproqlarda juda kam bо‘ladi. Masalan, Voronej viloyatining kuchli qora tuprog‘ida 0,144% R2O5 ,bо‘lib (haydalma qatlamning 1 gektarida 4230 t) 2% li sirka kislotada eriydigan qismi 1 ga yerga 21 kg ni tashkil qiladi. 0,146% R2O5 tutuvchi Moskva viloyatining qumoq podzol tuprog‘ining 1 ga yerida 6 kg sirka kislotada eruvchi R2O5 bо‘ladi. Bu ma’lumotlar har ikkala tuproq hilida, ayniqsa podzol tuproqlarda fosforli о‘g‘itlar solmasdan turib, qoniqarli hosil olib bо‘lmasligidan dalolat beradi.
О‘simliklar uchun suvda eruvchi fosfat kislotaning nordon tuzlari о‘zlashtirilish jihatidan ancha qulay bо‘ladi, lekin ularning tuproqdagi miqdori juda kam va ularning miqdoriy kо‘rsatkichi ekinlarni fosfor bilan ta’minlanish darajasini belgilash mezoni bо‘la olmaydi. Lekin bu narsa bu tuzlarning tuproqdagi miqdorini umuman e’tiborga olish kerak emas degan sо‘z emas. Yuqorida hamma о‘simliklar fosforni juda suyultirilgan eritmalaridan ham о‘zlashtira olish qobiliyati mavjudligi qayd etilgan edi. Tuproqning qattiq fazasi va tuproq eritmasi о‘rtasida ma’lum muvozanot bо‘lganligi sababli ildizlar tomonidan sо‘rib olingan fosfat kislota tuzlari ilgarigi uncha yuqori bо‘lmagan kо‘rsatkichi darajasigacha qaytariladi va о‘simlik ularni yana о‘zlashtira boshlaydi. Afsuski kо‘p tuproqlarda fosforning bu manbai yetarli bо‘lmaydi va fosforli о‘g‘itlar solinmaganda ekiladigan ekinlar “fosforga ochligini” yoki hech bо‘lmaganda yaxshi hosilni ta’minlash borasida fosfor tanqisligini sezadilar.
О‘simliklarni fosfor bilan ta’minlanganligi haqida mulohaza yuritilganda amaliyotda kuchsiz kislotali muhitda tuproqni tutib turilishi natijasida faqat suvda eruvchi fosfor tuzlarigina emas, balki bir qism suvda erimaydigan, lekin о‘simliklarning о‘zlashtirishi darajasida bо‘lgan zahira holatdagi fosfatlar ham ajraladi. Bu xildagi fosforli eritmani olish uchun: 1-2% limon, 2-3% sirka, 0,2 n. xlorid, 0,002 n. sulfat kislota (rN ni doimo 3,0 atrofida ushlab turish uchun ammoniy sulfat qо‘shib) lari, hamda karbonat angidridga tо‘ydirilgan distillangan suv ishlatiladi.
Tuproqdagi о‘simliklar tomonidan о‘zlashtiriladigan fosforni aniqlash borasida qо‘llaniladigan laboratoriya uslublarini hammasi nisbiy kо‘rsatkichlarnigina aniqlaydi, bu ma’lumotlardan foydalanish uchun ularni dala tajribalari asosida tasdiqlash va bu tajriba muayyan ekinlar uchun takrorlanishi lozim.
О‘zlashtiriladigan fosfatlarning miqdorini kimyoviy uslub yordamida aniqlashning bajarilishini tezligi, arzonligi, ancha aniqligi, bu uslublarni о‘simliklar oziqlanishi va о‘g‘itlarviy xizmat amaliyotida qо‘llash imkoniyatini yaratdi. Undan dala tajribalari bilan birgalikda foydalaniladi. Kimyoviy uslub kо‘rsatkichlari kartogramma tarzida rasmiylashtirilib, tegishli xudud xо‘jaliklariga tavsiyalar beriladi.
Shuni qayd etish lozimki, limon kislota temir fosfatni ajratadi, nordon podzol tuproqlarda uning miqdori ancha bо‘ladi. Shu xildagi taxlilni davom ettirsak sirka kislota nordon tuproqlarda о‘zlashtiriladigan fosfatlar miqdorini aniqlash uchun limon kislotaga nisbatan ancha qulay reaksiya hisoblanadi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda o‘zlashtiriladigan fosfatlarning miqdori dinamik kо‘rsatkich bо‘lib, tuproq xossalariga, dehqonchilikning jadallik darajasiga va boshqalarning ta’siriga qarab о‘zgaradi.
Bu fikrlarni isbotlash maqsadida Timiryazev qishloq xо‘jalik akademiyasining stansiyasini ikki xil namunali madaniylashtirilgan chimli-podzol tuproqlariga tegishli bо‘lgan ma’lumotlarni keltirish mumkin
Dala tajribalari bilan taqqoslash orqali aniqlandiki, 0,5 n sirka kislotali eritma tuproqdagi 100 gr hisobiga 5 mg R2O5 ni eritadi, demak о‘simlik fosfor bilan kuchsiz ta’minlanadi.
Shunga asosan aytish mumkinki, birinchi xil tuproq usimliklar о‘zlashtiriladigan fosforlar bilan kam ta’minlangan, shuning uchun ham fosforli о‘gitlarni kо‘proq miqdorda solishga tо‘g‘ri keladi. Ikkinchi tuproq ham о‘rtacha miqdorda о‘zlashtiriladigan fosforga ega va bu tuproq uchun fosforli о‘g‘itning о‘rtacha normasini qо‘llash kifoY. Sirka kislotali eritmaga har 100 gr tuproq hisobiga 10 mg R2O5 erib chiqadigan darajada bо‘lganda ekinlar о‘zlashtiriladigan fosfatlar bilan tо‘liq ta’minlanadi.
Uchinchi guruh eritmaga 0,5 n xlorid kislota bilan eritiladigan fosfatlarga kelganda ular о‘zlashtiriluvchilar jumlasiga kiritiladi, bu eritmaga fosforit, apatit, alyuminiy va temir fosfatlari, hamda fitatlari о‘tadi.
Uchinchi guruh fosfatlarni aniqlashning amaliy ahamiyati yо‘q. Uning natijalari faqat о‘zlashtiriladigan fosfatlarga о‘tuvchi zahira haqida ma’lumoga ega bо‘lish imkonini beradi xolos. Har xil uslublar vositasi bilan aniqlanadigan tuproqdagi harakatchan deb nomlangan R2O5 ning miqdori haqida umumiy tushunchaga ega bо‘lish, tahlil qilinadigan tuproqning fosfat potensiali haqida bilish imkoniyatini beradi. Bu potensial о‘simliklar tomonidan R2O5 ni о‘zlashtirishi natijasida pasayadi, va yerga dam berilganda yoki fosforli о‘g‘itlar solinganda oshadi.


Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling