Fosforli o'G'itlarning eng muhim xususiyatlari reja


Ba’zi madaniy о‘simliklarning asosiy organlaridagi fosforning miqdori


Download 35.21 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi35.21 Kb.
#1483730
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOSFORLI O\'G\'ITLARNING ENG MUHIM XUSUSIYATLARI

Ba’zi madaniy о‘simliklarning asosiy organlaridagi fosforning miqdori





Ekin

R2O5 ning miqdori
(% hisobida)

Eslatma

don, tuganakda

somon, tupchada

1

Kuzgi bug‘doy

0,85-1

0,2

Yig‘ishtirib olishda namlik 14,3% donda,16% somonda

2

Nо‘xat

0,9-1,1

0,35

Xuddi shuningdek

3

Kartoshka

0,14

0,16

Yig‘ishtirib olishdan oldin yetilgan holatda (tuganaklarda 75% va tupida 77% olinadigan)

Azotga qarama-qarshi fosfor, о‘simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, bu narsa janubiy tumanlarda g‘allasimonlarni qurg‘oqchil payitigacha, shimoliy tomonlarda esa bahorgi donli о‘simliklarni sovuq tushguncha (erta kuzda) yetilishini ta’minlaydi.


Kuzda solinadigan fosforli о‘g‘itlar ta’sirida xujayra shirasida eruvchi karbon suvlarining miqdori oshadi, bu narsa о‘simlikning muzlash nuqtasini pasaytiradi va demak kuzgi ekinlar, kо‘p yillik dukkakli о‘tlarning qishga chidamliligini oshiradi.
Fosforli о‘g‘itlar ta’sirida somonning mustaxkamligi oshadi va g‘alla о‘simliklari poyasining yotib qolishga nisbatan barqarorligi ortadi. R2O5 ning umumiy miqdori xar gektar xaydaladigan yerga 3-6 tonnagacha yetishi mumkin. Bundan kо‘rinib turibdiki, tuproqning fosfatlar bilan tо‘yintirilishi faqat iqtisodiy nuqtaiiy nazardan haqqoniy bо‘libgina qolmasdan, balki texnik nuqtai nazardan ham haqqoniydir.
Bundan 50 yillar muqaddam qizil tuproqlarga solinadigan fosforli о‘g‘itlar “о‘ta barqaror” birikishi ya’ni о‘simlik tomondan о‘zlashtirilmaydigan birikmaga aylanishi xaqida ochiq darajada fikrlar bildirilgan edi. Unda shu fikrga asoslanib 1 gektar yerga 3 tonnadan fosforli о‘g‘it solib, choy ekilgan maydonlarda о‘simlik qator yillar davomida superfosfatning meyoriy chegaradagi normasini oladi degan taxmin bor edi.
О‘simliklar oziqlanishi va о‘g‘itlargarlar о‘sha davrdayoq nordon tuproqlarga superfosfat о‘rniga fosfarit unini solishni taklif qilishgan edilar, chunki bunda tuproqning nordonligidan fosforitni parchalashda foydalanish imkoniyati tug‘iladi.
Superfosfatni solganda esa uni joy-joyi bilan solish lozim, chunki bunda о‘g‘it tuproqning kо‘p qismi bilan ta’sirlanmaydi va demak fofat kislotani kimyoviy bog‘lanishini susaytiradi.
Vaqt о‘simliklar oziqlanishi va о‘g‘itlarning haq ekanligini isbotladi, choy ekilgan о‘ta nordon tuproqli maydonlarga fosforitlarni solish superfosfat solish bilan barobar ekan. Superfosfatdan foydalanilganda uni tuproqning kо‘p qismi bilan aralashishiga yо‘l qо‘ymay qator oralig‘iga solish kerak. qizil tuproqlar, subtropik va podzol tuproqlarga fosforli о‘g‘itlarni oldindan solinganda uning ta’sir chegarasi davomiy bо‘lishi aniqlandi, bu narsa esa xatto bir yarim oksidlarga boy bо‘lgan, bu xil tuprqlarda ham fosfatlarning “о‘lik” tarzda bog‘lanishini asossizligini isbotladi.
Bu hildagi xabarning mavjud bо‘lishi boshqa tuproqlar uchun ham xaqiqatdan ancha yiroq, ayniqsa reaksiyasi (rN) kuchsiz nordonlikdan kuchsiz ishqoriygacha chegarada bо‘lgan tuprqlarda bu fikr о‘z ifodasini topadi. Fosfat kislotaning suvda eriydigan tuzlari, о‘g‘itlar bilan bunday tuproqlarga tushganda biroz vaqtdan keyin kimyoviy bog‘lanishlar tufayli kalsiy va magniyning ikki almashingan (SaNRO4∙2N2O, MgHPO4 ) tuzlariga aylanadi va uzoq vaqt davomida u hamma о‘simliklar tamonidan о‘zlashtirila oladigan xolda qoladi.
Keyinchalik qolib ketgan ikki almashingan kalsiy yoki magniyli tuzdagi vodorod ionining asta-sekinlik bilan almashinuvi yuz berib uch almashingan fosfatlar Sa3(RO4)2, Mg3(RO4)2 va ulardan ham tuproq asosli fosfatlariga aylanishi sodir bо‘ladi. Lekin bu tuzlar ham sof amorf holatda bо‘ladi va kuchsiz kislotalarda erish qobiliyatini sezilarli tarzda saqlab qoladi va demak о‘simlik tomonidan qisman о‘zlashtiriladigan holatda bо‘ladi. Faqat “qarish” yuz bera boshlagandagina uch almashingan va undan ham asosliroq bо‘lgan fosfat kislota tuzlari kо‘p madaniy о‘simliklar uchun о‘zlashtirilmaydigan shaklga о‘tishi mumkin.
Nordon tuproqlarda ahvol og‘irroq bо‘ladi, bu tuproqlarda yuqorida qayd qilingani kabi suvda eruvchi kalsiy fosfatlar evaziga temir va alyuminiy fosfatlar hosil bо‘ladi. Lekin bunday havfli tendensiyadan bu xildagi tuproqlarni ohaklash yо‘li bilan qutilish mumkin, chunki bunday fosfatlarning qaytadan, plutr oksidlarga о‘tishi tufayli kalsiy va magniyning fosfatlari hosil bо‘ladi, buning ustiga bu jihatdan ohakning ta’siri ancha davomliligi kо‘rinib turadi, u о‘nlab yillar о‘tgandan keyin xam tugab ketmaydi. Mironov (Kiyev viloyati) tajriba stansiyasining tuproqlarida olib borilgan tadqiqotlari tahlili shuni kо‘rsatdiki, ilgari ishlatilgan fosfatlarni yarmiga yaqini SO2 bilan tо‘yintirilgan distillangan suvga о‘tadi va demak u hamma ekinlar tomonidan oson о‘zlashtiriladigan fosfor hisoblanadi.
Kо‘pincha fosforli о‘g‘itlarning ta’sirini kuchli bо‘lmasligiga, tuproq tomonidan fosfat kislota ionlarini mustahkam ravishda biriktirib olinmasligi va kaliyning yetarli bо‘lmasligi sabab bо‘ladi deb tushintirish mumkin. Bu о‘g‘itlarni qо‘llash fosfatlarning ta’sirini kuchaytiradi.
Ma’lumki, fosforli о‘g‘itlarni sistematik ravishda uzoq vaqt yuqori (ya’ni hosil tomonidan о‘zlashtirilgan fosfordan bir necha barobar ziyod) normalarda solinganda tuproqda ancha miqdorda о‘zlashtiriladigan fosforning tо‘planishi yuz beradi, shundan keyin esa yangidan solinadigan о‘g‘itlarning ta’siri bо‘lmay qoladi.
Bunday holatda bо‘lgan maydonlarda fosforli о‘g‘itlarni to tuproqda zahira bо‘lib qolgan oson о‘zlashtiriladigan fosforning ekin tomonidan о‘zlashtirilish darajasi pasaygunga qadar solmaslik talab etiladi.
Tuproqlarda fosforning mustahkamlanib qolishini mohiyatini oydinlashtirish ikki xil xulosaga olib keladi. U fosfatlarning tuproqda ancha miqdori “о‘lik” tarzda mustahkamlanishini sodir bо‘lmasligini, ikkinchidan о‘g‘itlarning ongli ravishda qо‘llash uchun о‘simliklar oziqlanishi va о‘g‘itlarviy tahlilning muhimligini isbotlab beradi. Bu xildagi tahlillarsiz о‘zlashtiriladigan fosforning miqdori har xil bо‘lgan maydonlarni aniqlab bо‘lmaydi, demak shunday ekan beriladigan fosforli о‘g‘itlar normasini ham tо‘g‘ri belgilab bо‘lmaydi. Rotamsted fosforli о‘g‘itlardan uzoq vaqt davomida foydalanish natijasi va uning ta’sirini 50 yildan buyon davom etayotganini isbotladi. Fosfatlarga tuproqda organik moddalar, namlik va harorat (yuqorida kо‘rib chiqilgan loysimon minerallar, polutor oksidlar va reksiya muxitini ta’siridan tashqari) ham ta’sir etadi. Aniqlanishicha, natriy gumatlari tuproqda kalsiy fosfatlarning harakatchanligini oshiradi, lekin bir yarim oksidlarga ularning ta’siri bо‘lmaydi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, chirindi qо‘llash (torfdan olingan) qizil tuproqlarda (arpa bilan о‘tkazilgan vegetatsion tajribalarda) kalsiy monofosfatning ta’sirini kuchaytirar ekan. Aftidan bunda tuproqda musbat zaryadlangan kolloid zarrachalari (ular orasida polutor oksidlar ham) organik anionlarni adsorbsion yutishi yuz beradi, bu narsa ular tomonidan fosfat anionini bog‘lab olishi uchun halaqit beradi va natijada о‘simlik tomonidan о‘zlashtirilishini kuchaytiradi. Bu narsa kо‘p organik kislotalar (vino, limon, sut, otquloq) nordon muhitda alyuminiy va temirni biriktirib oladi va fosfat ioni qiyin eriydigan va о‘simlik uchun о‘zlashtirilishi qiyinlashadigan holatga о‘tishiga halaqit beradi
Bu dalillar asosida hosil qilinadigan amaliy xulosalar ham ma’lum. Bu narsa chirindini superfosfat bilan birga (yoki mineral о‘g‘itlarning tо‘liq yig‘indisi bilan) qо‘llashdan iborot, bunda kо‘pincha fosforning va boshqa oziq moddalarning samaradorligi oshadi. Shuni ta’kidlash joizki, chirindining ta’siri kо‘p qirrali bо‘ladi: u tuproq zarrachalari (ayniqsa polutor oksidlar) tomonidan fosfat ionlarni kimyoviy bog‘lanishini susaytiradi о‘zi adsorbent bо‘lganligi sababli tuproqning buferligini oshiradi, chirindi mavjud bо‘lgan joyda ammiakli va kaliyli tuzlarning fiziologik zararini yumshatadi. Nihoyat chirindining о‘zi uni yetarli miqdorda solinganda, о‘simliklar uchun oziq elementlari (azot, fosfor, oltingugurt x.k. lar) ni manbai bо‘lib xizmat qiladi.
A.N.Lebedyansev namlik о‘zgarib turganda tuproqdagi fosfatlarning о‘zgarish dinamikasini о‘rganib, qora tuproqdan namlikning qochishi, fosfat kislota tuzlarining harakatchanligini oshiradi va bu holat о‘z navbatida esa unumdorlikda ijobiy tarzda namoyon bо‘lishini aniqladi. Bu jarayonni V.A.Franseson tushuntirib namligi qochgan tuproqni tez namlantirilganda tuproq agregatlarining kuchli ravishda parchalanishi yuz beradi, deb izohladi. Bunda yangi ancha tubda joylashgan yuzalarning ochilib qolishi natijasida ilgari yashiringan fosforli birikmalar eritmaga о‘tadi.
Tuproq agregatlarining xuddi shunday xoldagi “taxini buzilishi” natijasida tuproq organik moddalarining harakatchanligi oshadi.
Xо‘jalik sharoitida tuproqdan namlikning qochib ketishi dehqonning о‘ziga bog‘liq bо‘lmagan, balki quruq va qurg‘oqchilik davrlari bilan bog‘liq holda yuz beradi. Bunday sharoitlarda shu narsa ham kuzatilganki, qurg‘oqchilik yilidan keyingi yilda hosildorlik oshadi. Hozircha bu narsa faqat tuproqdagi fosfat rejimini yaxshilanishi tufayli yuz beradi deb bо‘lmaydi.. Tuproqdan namlikning qochishi qator hollarda uning fosfatlarini xarakatchanligini va fosforli tuzlarning yutilishini kuchaytiradi. Masalan, Voronej viloyatidagi kuchli qora tuproq quritishni havo sharoitidagi quruq darajasigacha yetkazilganda kalsiy monofosfatining kuchsiz eritmasidan, namlangan sharoitdagiga nisbatan 4-5 marta kо‘p miqdorda fosfat kislota yutganligi aniqlandi. Bu narsa hamma tuproqlarning ancha konsentrlangan eritmalardan fosfatlarni kо‘proq yutishi bilan ham bog‘liq bо‘lishi mumkin. Shunday bо‘lib chiqsa, suyuq fosfor tutuvchi о‘g‘itlardan foydalanish amaliyotida tuproq tomonidan fosfat kislotani tо‘laroq yutilishini kutish lozim. Tuproqning mexanik tarkibi ham muhim bо‘lib,0,01 mm dan yirikroq zarrachalar fosfatlarni yutmaydi.
Azot va kaliyga nisbatan eruvchi о‘g‘itlar va tuproq zahirasidagi xarakatchan (10 dan 15% gacha) fosforning о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishini sustligi qator sabablar bilan bog‘liq.
Ulardan eng muhimlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: tuproqda fosfat ionlarning diffuziyasini (ularning va komponentlarining kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik bog‘lanishlarga moyilligini) kuchsiz bо‘lishi: tuproqning hamma hajmini о‘zlashtiruvchi ildiz tizimi bilan qamrab olishini yetarlicha bо‘lmasligi (ba’zi olimlarning fikricha ildizlar bilan kontaktda bо‘lgan tuproq hajmi 1250 ni tashkil qiladi), kо‘pincha namlik darajasini past bо‘lishi tufayli fosfatlarning diffuziyasini qiyinlashuvi va boshqalar.
Tuproqlarning yengil loysimonlariga nisbatan loylilik daraja baland hillari bilan fosfatlar kamroq eriydigan shaklga о‘tadi. Shundan kelib chiqqan holda har xil tuproqlarda R2O5 ning bir hil meyorda solinishi optimal namlanish darajasida bо‘lganda ham qumoq tuproqlardagiga nisbatan loysimon tuproqlarda fosforli tuzlarning diffuziyalanishi kо‘zga tashlanarliroq bо‘ladi.
Juda kо‘plab tajribalar natijasida shu narsa isbotlandiki, о‘simliklarning fosforli oziqlanishi fosforli о‘g‘itlarni uya-uya qilib solinganda (ayniqsa nordon tuproqlarda) ancha qulayroq bо‘ladi. Uya-uya qilib solishga granullangan о‘g‘itlarni tasmasimon tarzda joylashtirish asosida erishiladi.
Superfosfatning tuproq bilan о‘zaro ta’sirlanishi davomida fosfat kislotaning barqarorlik, eruvchanlik va о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirish darajasi bо‘yicha farqlanadigan 30 ga yaqin birikmalari hosil bо‘ladi.

Download 35.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling