Foto: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki


Download 8.55 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi8.55 Kb.
#199502
Bog'liq
O‘zbekistonda 2-WPS Office


O‘zbekistonda 2019-yil davomida inflyatsiya dinamikasi turli yo‘nalishda o‘zgardi. Birinchi yarim yillikda inflyatsiya dinamikasi pasayib, yillik 13—13,5 foiz darajasida mustahkamlandi, ikkinchi yarim yillikda esa dinamika o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.

2019-yil uchun prognoz ko‘rsatkichlari 13,5 — 15,5 foiz darajasida belgilangan edi. Yil yakuniga ko‘ra uning ko‘rsatkichi 15,2 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, ikkinchi yarim yillikda inflyatsiyaning nisbatan yuqori darajada bo‘lishiga tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi hamda banklarning yuqori kredit faolligi va davlat xarajatlarining oshishi bilan mustahkamlangan va investitsion va iste’mol talabini oshirgan omillar sabab bo‘lgan.

Tartibga solinadigan narxlarning oshishi bilan birga, iyul—avgust oylarida devalvatsiyaning tezlashishi 2019-yilning avgust oyida inflyatsiyaning oylik ko‘rsatkichi oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi va u 2,9 foizni tashkil etib, 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,3 foizga yuqori bo‘ldi.

2019-yilning 4-choragida inflyatsiya o‘sish darajasi 2018-yilning mos davriga nisbatan 0,7 foizga sekinlashgan.

2019-yil davomida yillik inflyatsiyaga un va non mahsulotlari narxining oshishi inflyatsion bosim ko‘rsatgan.

2019-yilda tartibga solinadigan narxlar o‘rtacha 21.6 foizga o‘sgan, xususan, qolipli nonning narxi 40 foizga, gaz narxi 18,8 foizga oshgan bo‘lsa, elektr energiyasi 18 foizga va benzin 17,6 foizga qimmatlashgan.

Ob-havo va iqlim sharoitlari meva-sabzavot mahsulotlarining narxida o‘z aksini topdi. Xususan, mevalarning narxi 21,4 foizga qimmatlashdi, kartoshkaning narxi 11,7 foizga, guruchning narxi esa 5,8 foizga oshdi. Bundan tashqari, ozuqa bazasining yetishmasligi go‘sht mahsulotlarining narxida o‘z aksini topdi va narxlarning 23,4 foizga o‘sishiga sabab bo‘ldi

Shu bilan bir vaqtda, xizmatlar sohasida ham narxlarning o‘sishi kuzatildi, xususan yo‘lovchi transporti xizmatlari tariflari 13 foizga, ta’lim esa 22 foizga qimmatlashdi.



Markaziy bank xabarida qayd etilishicha, 2020-yilda inflyatsiyani targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish inflyatsiyani 2021-yilda bir xonali songa va 2023-yilda 5 foizga tushirish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.

Soliq-budjet siyosatida umumiy fiskal balansning defitsitini kamaytirish maqsad qilingan. Xususan, umumiy fiskal balans defitsiti 2019-yildagi 4 foizdan 2020-yilda 2,7 foizga qisqaradi, 2022-yilda esa uning 1,5 foizga tushishi kutilmoqda.
Download 8.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling