Mavzu: Talab va taklif inflyatsiya Reja: Inflyatsiya haqida tushunchalar


Download 0.61 Mb.
Sana13.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1770184
Bog'liq
Talab va taklif inflyatsiya


Mavzu: Talab va taklif inflyatsiya
Reja:
1. Inflyatsiya haqida tushunchalar.
2. Inflyatsiya, uni keltirib chiqaruvchi sabablar.
3. Inflyatsiya turlari.
Inflyatsiya - bu pulning keragidan ortiq muomilaga chiqarilishi natijasida narxlarning to’xtovsiz o’sishi va pul qadrining pasayib borishidir
Inflyatsiya lotincha “inflatio” so’zidan olingan bo’lib”shish”, “bo’rtish”, “ko’pchish” ma’nolarini anglatadi.Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilgunga qadar u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda ishlatilgan.
davlat o’z xarajatlarini o’z daromadlari xisobidan qoplay olmay qolgan xolatda muomilaga qo’shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi natijada tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pul paydo bo’ladi;
Inflyatsiyani quyidagi sabab lar keltirib chiqarishi mumkin:
ishlab chiqarishning qisqarishi bunda muomiladagi mavjud pul miqdori kamaymaydi ammo unga nisbatan tovarlar miqdori kamayadi narx oshadi pul qadri pasayadi;
- mamlakatda import qilingan tovarla narxining ko’tarilishi natijada mamlakat ichida o’rinbosar tovarlar narxi ko’tarilib ketadi;
- pulga nisbatan xalq ishonchining yo’qoloshi bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko’payib ketishi.
Muomilada keragidan ortiqcha pul paydo bo’ladi
Tovarlar bahosi va xizmatlar xaqi to’xtovsiz o’sib boradi
Pulning qadr qimmati va xarid qobiliyati pasayadi
Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaat ko’rmay qo’yadilar chunki sarflagan pullari qaytib kelgunga qadar o’z qadrini yo’qotadi va xok.
Inflyatsiya sodir bo’lgan sharoitda :

Inflyatsiya kelib chiqish sabalariga ko’ra

Talab inflyatsiyasi

  • Bu holat aholiningqo’lidagi pulning ko’pligidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish sohasi aholinig talabini to’la qondira olmaydi, natijada tovarlar bahosi oshadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi. Boshqacha aytganda bir qop tovarga ikki qop pul kerak bo’ladi.

Taklif inflyatsiyasi

Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi, xarajatlar oshib foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchilarning tovar ishlab chiqarishga intilishi kamayadi. Natijada tovarlar taklifi kamayib narxlar o’sib ketadi.


Inflyatsiya turlari:
  • O’rmalovchi ( sudraluvchi) inflyatsiya;
  • Suzib yuruvchi (shiddatli) inflyatsiya;
  • Giper inflyatsiya;

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling