Turkiston san’at saroyi


Download 13.58 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi13.58 Kb.
#1126767
Bog'liq
Turkiston san\'at saroyi


Turkiston san’at saroyi
Bugungi kunda  poytaxt Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni shimoliy qismida joylashgan eng go‘zal, salobatli binolardan biri Turkiston san’at saroyi hozirgi ko’rinishdagi binosining qurilish tarixiga nazar solsak juda murakkab jarayonlar sodir bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu bino O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mashhur me’mor Yuriy Xaldeyev tomonidan eski teatr binosi o’rniga qurilishi loyihalashtirilgan bo’lib, dastlab bu bino M.Gorkiy nomidagi Toshkent akademik rus drama teatri bo‘lishi kerak edi. Aytish mumkinki, Sobiq sovet davlati davrida qurilayotgan binolarni loyihalash va qurish ishlari kechiktirilish holatlari tez-tez sodir bo‘lgan. SSSR Madaniyat vazirligi tomonidan bu binoga mablag’ ajratish ham kechiktiriladi. “Qayta qurish” yillarida vaziyat yanada og’irlashdi va bino qurilishini moliyalashtirish o‘rniga qurilish xarajatlarini kamaytirish yo‘llarini izlanadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, ushbu bino qurilishida loyihadagi o’lchamdan oshirilishi natijasida qurilish qiymati uch barobarga oshiriladi. Aslida loyihada ko‘zda tutilmagan bino qurilishining me'moriy va rejaviy holati haddan tashqari qimmatlashadi. Bunda pardozlash ishlari, qurilishda billur qandillar, granit va marmardan foydalanish rejasi hukumatga juda qimmatga tushayotgani ma’lum bo’lib, bino qurilishi yana sekinlashdi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, teatr qurilishining jadallashuvi KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi M.S. Gorbachevning 1988 yil Toshkentga kelganidan so‘ng boshlangan. Lekin 1990 yilning 17 fevralida O‘zbekiston SSR vazirlar kengashining «Qurilayotgan m.gorkiy nomidagi teatr negizida toshkent shahrida millatlararo davlat teatrini barpo etish to‘g‘risidagi qarori» qabul qilinib, bu bino “Navro‘z” millatlararo teatri binosi sifatida qurilishi belgilanadi. Yurtimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng esa 1993-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 161-sonli qarori bilan bino “Turkiston” saroyi deb nomlanadi. Shuningdek ushbu qaror bilan “Turkiston” saroyida yirik respublika, hududiy va xalqaro bayramlar, festivallar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017 yilda madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida shu vaqtgacha Toshkent shahar hokimiyati ixtiyorida bo’lgan «Istiqlol» va «Turkiston» san'at saroylarini yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Hozirda «Turkiston» san'at saroy qishgi zal va yozgi maydonchadan iborat bo’lib, Qishki zal 896 kishiga mo'ljallangan, bu yerda odatda rasmiy tadbirl va konsertlar o'tkaziladi. Yozgi maydoncha 3200 nafargacha bo’lgan mehmonlarni qabul qilishi imkoniyatiga ega. Bu yerda, asosan, yoshlarga mo’ljallangan turli xil tadbirlar, zamonaviy musiqa maktablar vakillari bo’lmish mahalliy va xorijiy san’atshunoslar konsertlari tashkillashtirilib kelinmoqda.
Download 13.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling