Fotokimyoviy va fotobiologik jarayonlar mexanizmlari jarayonlari Reja
Download 0.97 Mb.
|
Fotokimyoviy va fotobiologik jarayonlar mexanizmlari jarayonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- A’o’toz
A’o’tozning biologik ahamiyati
Tirik organizm to’qimalarida hujayralarning nobud bo’lishi tamoyil jihatidan o’zaro farqlanuvchi, 2 xil tartib asosida amalga oshishi mumkinligi qayd qilingan – a’o’toz va nekroz. Nekroz – bu hujayralarning zo’riqish tahsiri oqibatida, noqulay hayot sharoitlari va jarohatlanishlar tahsirida nobud bo’lishi hisoblanadi. A’o’toz – bu hujayralarning o’z – o’zini dasturlashtirilgan tarzda nobud qilishi hisoblanib, embriogenez jarayonida bu jarayon shakllar xosil bo’lishida talab qilinuvchi elementlardan biri sifatida o’rin tutadi va voyaga yetgan organizmlar to’qimalarida hujayra gomeostazi (doimiyligi) tahminlanishida muhim ahamiyatga ega jarayonligi tahkidlangan. Hujayrada amalga oshuvchi boshqa turdagi boshqarilish mexanizmlarida kuzatilgani kabi a’o’toz jarayoni amalga oshishida xam hujayra ichki qismida signal uzatilishida hujayraning morfologik o’zgarishlari va muhim biologik natijalarga olib keluvchi maxsus retse’tor tizimlari ishtirok etishi aniqlangan. Bu jarayonda hujayralar nobud bo’lishi salbiy ahamiyatga ega emas, bunda organizmning ijobiy yo’nalishda yutib chiqishi qayd qilinadi. A’o’toz jarayoni universal va evolyutsion jihatdan konservativ jarayon hisoblanadi. Bu jarayon deyarli barcha to’qima hujayralarida aniqlangan bo’lib, volg’voksdan tortib odam organizmi hujayralarigacha kuzatiladi. Ontogenez jarayoni davomida voyaga yetgan organizmning murakkab darajada takomillashgan tuzishiga ega bo’lishi, bevosita mitoz va a’o’toz jarayonlari o’rtasidagi mutanosiblik muvozanatining boshqarilish jarayonlari bilan bog’liq hisoblanib, bu jarayonlar hujayralarning dasturiy differentsiallanishini (ixtisoslashuvini) tahminlaydi. Voyaga yetgan organizmda a’o’toz jarayoni vositasida jarohatlangan va o’z funktsiyasini bajarib bo’lgan, qari hujayralar yo’qotiladi. A’o’toz jarayonining fiziologik jihatdan ahamiyati shundaki, ayrim hujayralarning yo’qotilishi jarayoni bevosita organizmning bir butunlikda mukammal tarzda funktsiya bajarishini tahminlaydi, jumladan a’o’toz jarayoni nafaqat jarohatlanish davomida ishga tushishi, balki bu jarayon differentsiatsiya omillari, neyro-trofinlar va gormonlar tahsiridagi fiziologik regulyatsiya jarayonlari sifatida xam qayd qilinadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling