Fotokimyoviy va fotobiologik jarayonlar mexanizmlari jarayonlari Reja
Download 0.97 Mb.
|
Fotokimyoviy va fotobiologik jarayonlar mexanizmlari jarayonlari
Fotokimyoviy va fotobiologik jarayonlar mexanizmlari jarayonlari Reja: 1. Biofizikaning predmeti va vazifalari 2. Biofizikaning bo’limlari 3. Biofizik tadqiqotlarning usullari 4. O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi Biofizika fani yosh fanlardan bo’lib, akademik Frank so’zi bo’yicha u “barcha biologiya fanlarining nazariy ‘oydevori” dir. Tabiiy fanlarning jadal surhatlar bilan rivojlanishi, ularning boshqa fanlarga kirib borishi, bilimlarning yangi sohalarining kelib chiqishi zamonamizning xarakterli xususiyatidir. Fizika va texnika fanlarining taraqqiyoti boshqa fanlar qatori biologiyaga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda. Fizikaviy uslublar va tahlillar barcha tabiiy fanlarda, shu jumladan biologiyada ham keng miqyosda qo’llanishi natijasida biologik tizimlarda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlarni va fizik omillarni tirik organizmlarga tahsirini o’rganuvchi biofizika fani rivojlandi va u hozirgi vaqtda fundamental biologik fanlarning biri bo’lib hisoblanadi. Biofizikaviy tadqiqotlarning predmeti bo’lib biopolimerlarning strukturasi va xossalari, tabiiy va sunhiy membranalar, ion kanallari, murakkab tuzilgan biologik tizimlar hisoblanadi. Biofizika o’z ichiga alohida olingan makromolekulalarning tuzilishi va xossalarini o’rganishdan tortib, biosfera darajasida kechadigan murakkab jarayonlarning mexanizmi va ichki dinamikasigacha bo’lgan muammolarni qamrab oladi. Shu bilan birga biologiya, tibbiyot va qishloq xo’jaligida keng miqyosda qo’llaniladigan tadqiqotlarning fizikaviy uslublarini o’rganadi. Ushbu muammolarning barchasi tabiat qonunlarining birligini, tirik organizmlarga nisbatan fizikaviy qonunlarning tatbiq etilishini tushunishga yordam beradi. Biomolekulalar, membranalar va tirik tizimlar uchun xarakterli bo’lgan fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarning mexanizmlarini, ularga tashqi fizik tahsirotlarni o’rganish biofizikaning asosiy vazifalaridan biridir. Biologik qonunlar asosan fizikaviy kimyo qonuniyatlariga asoslanadi. Biologiyaga ushbu qonuniyatlardan tashqari, qandaydir boshqacha kuchlar, maydonlar, maxsus energetik kuchlar va shu kabilar tahsirida qaraydigan fikrlar hali ham mavjud. Masalan, turli xil ekstrasenslar, “bioenergetiklar” va biomaydon yoki kosmik energiya yordamida aniq fanni buzib, undan o’z maqsadlarida foydalanayotganlar oz emas. Hozirgi zamon biofizikasi esa ro’y berayotgan hodisalarni aniq qonuniyatlar va dalillar asosida tushuntiradi. Shuningdek, biofizika organizmlarda kechadigan qon aylanish, nafas olish, harakat, ko’rish va eshitish kabi fiziologik jarayonlar mexanizmlarini o’rganadi. Bu fan bevosita boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq, masalan, fizika, biokimyo, anorganik va organik kimyo, kolloid kimyo, o’simliklar fiziologiyasi, hayvonlar va odam fiziologiyasi, tibbiyot va boshqa shu kabi fanlar erishgan yutuqlaridan foydalanadi va o’z qonunlari va uslublari bilan ushbu fanlar o’rganadigan jarayonlarni tushuntirib beradi. Biofizika fani amaliy jihatdan turli xil kasalliklarga tashhis qo’yish uchun elektrokardiografiya, rentgenografiya, qon bosimini o’lchash asboblardan foydalanishga, izoto’lar, ulg’tratovush, lazer, ulg’trabinafsha nurlar kabi uslub va vositalarni ishlab chiqishga asos bo’ldi. Biofizika yutuqlaridan qishloq xo’jaligida yuqori samaradorlikka erishish uchun foydalanilmoqda. O’simlik urug’larini elektromagnit maydonlari bilan, yoki infraqizil nur bilan ishlov berish hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Biofizika o’z muammolarini boshqa fan sohalari yutuqlari bilan hal qiladi va o’ziga yaqin turgan fanlarni rivojlanishiga turtki bo’ladi. Hozirgi vaqtda meditsina, ekologiya, fiziologiya, qishloq xo’jaligi va boshqa yondosh fanlarning taraqqiyoti biofizikaning rivojlanishi va uning uslublarini tadbiq qilish bilan bog’liq. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling