11-MA’RUZA:
ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.
MA’RUZA REJASI!!!
1. Murakkab radikallar nazariyasi,
2. Metalepsiya xodisasi,
3. Ko`p asosli kislotalar nazariyasi,
4. Izomeriya va gomologlar xaqida ta`limot.
5. Organik moddalarning tuzilish nazariyasi.
6. XX asrda organik kimyo taraqqiyoti,
7. Kimyoviy bog` xaqida ta`limot,
8. Organik kimyoning nazariy kontseptsiyasi.
9. Organik- kimyogar o`z fani xaqida.
10. Vudvord-Xoffman ishlari, vitamin B
12
sintezi.
Kimyoning dastlabki rivojlanish bosqichida organik va anorganik kimyo ajralmagan edi.
Organik moddalarga ishlov berish xam uncha o`ziga xos usullarga ega emasdi.
XIX asrgacha
o`simliк va xayvonot dunyosining organik moddalar bilan asosan tibbiyot fanlari qiziqar edi.
XIX asr boshlarigacha xam tabiat uchta "podshoxlikka" ajratilar edi:
mineral,
o`simlik,
tirik
jonzotlar,
Moddalarni tizimlashtirish ularni ikkiga ajratdi:
a)
anorganik,
b) organik.
Birinchi marta 1806 yili Bertselius o`zining "Xayvonot kimyosi" asarida "Organik kimyo"
terminini shifokor talabalarga tanishtirdi va fanga olib kirdi.
Sirka kislotasi arab alkimyogarlari tomonidan V asrda vino achitqisidan xaydab olindi. Эtil spirti
vinoning o`zidan olindi va "Spiritus vini" vino ruxi deyildi. Эfir 1625 yili V. Valentin vino spirti
va kuporos moyi (H2SO4) dan oldi. Absolyut efir 1796 yili T.Lovits tomonidan K2CO3 va
CaCl2 ta`sirida suv va spirtdan tozalandi. "Yog`larning shirin asosi" glitserin yog`lardan olindi.
XIX asr boshlarida organik moddalarning tabiati xali tushunarli emas edi. 1784 yili A. Lavuaz'e
vino spirti, moylar, mumlarni yoqib ulardan xosil bo`lgan karbonat
angidridi va suv miqdorini
o`lchadi va tarkibini aniqladi. Lavuaz'e o`sha paytda organik moddalar murakkab radikallarning
kislorod bilan birikishidan xosil bo`ladi deb fikr yurgizardi. Gey-Lyussak, Tenar,
Bertselius va
ayniqsa Libixning taxliliy ishlari organik moddalar tarkibini va
undagi elementlar nisbatini
aniqlashga imkon berdi.