11-ma’ruza: organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Ma’ruza rejasi!!! Murakkab radikallar nazariyasi
KIMYOVIY TUZILISH NAZARIYaSINING YaRATILISHI
Download 232.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-Ma\'ruza ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.
KIMYOVIY TUZILISH NAZARIYaSINING YaRATILISHI
Yangi nazariya yaratilishining asosiy shartlari shuki, S atomining 4 valentli ekanligi, "atom", "molekula" xaqida ma`lumot, moddalarning atom va molekulyar massalarini aniqlash imkoniyati vujudga keldi. 1859-61 yillarda Qozon universiteti professori A.M. Butlerov(1826- 1886 yy.) bir qator sintezlar qildi. Formal'degid polimeri - dioksimetilen oldi, undan 1859 yilda urotropin - geksametilentetramin sintezini bajardi, 1861 yilga kelib dioksimetilendan birinchi qandsimon modda "metilitan" sintezini yo`lga qo`ydi. Molekuladagi atomlar orasida bog`larning tarqalishi 1860 yilda Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilishiga olib keldi. 1861 yil 19 sentyabrda SHpeyerdа nemis shifokorlari va tabiatshunoslarining s`ezdida Butlerov o`zining "Moddalarning kimyoviy tuzilishi" ma`ruzasi bilan chiqdi va kimyoviy tuzilishning asosiy tushunchalarini e`lon qildi: "Xar qanday murakkab zarrachaning kimyoviy tabiatini undagi elementar zarrachalar soni va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.... Xar qaysi kimyoviy atom murakkab modda tarkibida o`zining kimyoviy tabiatiga bog`liq ravishda qatnashib, uni xosil qilishda ishtirok etadi",- deb aytgan edi. 1865 yilda Bel'shteynnning Butlerovga yozishicha: "Sizning kitobingizni o`qish shu jixatdan menga qimmatliki, ilgari barcha tuzilish formulalari menga yashirin qo`rqish tug`dirar edi. Эndi ularning moxiyatini tushunganimdan men o`zimni baxtli xis qilaman",- deydi. Эndi kimyogarlar oldida yangi dunyo ochildiki, u xaqdagi tip lar nazariyasi tarafdorlarining barcha shubxalari juda o`rinsiz ekanligi isbotlandi. A.M. Butlerov nazariyasida tadqiqotlarning aniq dasturi shakllangan bo`lib, ular kimyoviy tuzilish nazariyasining asosiy xolatlarini tasdiqlaydilar. Bu nazariyani xar xil olimlar turlicha nomlar bilan o`z tadqiqotlariga qabul qildilar, uning "ishlash qobiliyati" va "ishonchliligi" yana bir marta 1864 yilda Butlerov tomonidan isbotlandi . U uchlamchi- butil spirtini sintez qildi. Izomeriya, polimerlanish, to`yinmagan uglevodorodlar tuzilishi bu nazariya bilan tushuntirildi. 1867 yilda uchlamchi-butil spirtidan izobutan va izobutilen Butlerov laboratoriyasida sintez qilindi. Dastlabki 1861 yilgi ma`ruzasida Butlerov: "Bir molekula ichidagi bir-biri bilan kimyoviy o`zaro bog`lanmagan ikki atomlar o`zaro qanday ta`sir etadi",- degan vazifani qo`ygan bo`lsa, 1864 yilda "Izomeriya xodisasining turlicha tushun-tirilishi" nomli risolasida Butlerov "Molekula ichidagi o`zaro bog`lanmagan atomlar bir-biri bilan bilvosita ta`sir etadi",- degan edi. XX asr organik kimyo fanining asosiy belgisi eksperimental sintez bo`lsa xam, zamonaviy tadqiqot usullari intensiv rivojlandi. Amaliy kimyoning extiyojlari shu darajada katta bo`ldiki, polimerlar va neft kimyosi o`zlari ma`lum soxani tashkil etdi, biologiya va anorganik kimyo bilan organik kimyo qayta birikdi va rivojlana boshladi. Birinchi jaxon urushi organik kimyo maxsulotlariga juda katta talab mavjudligini ko`rsatdi. Amaliy organik kimyo yuksak rivojining juda tez o`sishi to`xtab qoldi. Urush oqibatida Germaniya davlati asosiy strategik xom ashyosidan (neft, kauchuk, kolchedan, selitra), uning dushmanlari esa Germaniya ishlab chiqaradigan kimyo maxsulotlaridan judo bo`ldi. Oqibatda barcha mamlakat olimlarining faoliyati laboratoriya ishlarini sanoatda joriy qilishga qaratildi. Polimerlar kimyosi rivojidan keyingi amaliy organik kimyoning keyingi ob`ekti fiziologik faol moddalar bo`ldi. Bularga bir tomondan vitaminlar, gormonlar misol bo`lsa, ikkinchi tomonni antimetabolitlar (insektitsid, fungitsid, gerbitsidlar) kimyosi tashkil etdi, ayniqsa o`stiruvchi moddalarga e`tibor kuchaytirildi. XX asr amaliy organik kimyosining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, sanoatda geterogen- katalitik sintezning joriy qilinishi bo`ldi. Bu soxadagi yangiliklar juda ko`p bo`lsa xam, ulardan eng muximlari vitamin va gormonlarning o`simlik va xayvonot dunyosidan emas, balki sanoatda olinishi xisoblanadi. F. Fisher (1877-1947 yy.) va G. Tropsh (1889-1935 yy.) tomonidan yo`lga qo`yilgan va Fisher-Tropshning katalitik sintezi (1926y) is gazi va suv bug`i aralashmasidan (CO+H2O, sintez gaz) uglevodorodlar olinishi juda katta yutuq sanaladi: 1935 yili Germaniyada bu usul bilan "Rurxemi" firmasiga qarashli 8 ta zavodda 600 000 tonna benzin ishlab chiqarildi. Xozirgi kunda bu usul va 1928 yilda sanoatda joriy qilingan Dil's-Al'derning dien sintezi eng ko`p amalda ishlatiladigan jarayonlar xisoblanadi. Nemis kimyogarlari O. Dil's (1876-1954 yy.) va K. Al'der (1902-1958 yy.) dien sintezi borasidagi ishlari uchun 1950 yilning Nobel' mukofotiga sazovor bo`lishgan. 1963 yilga kelib nemis olimi K. Tsigler (1898-1973 yy.) va italiyalik olim J. Natta (1903-1979 yy.) 1954 yilda amalga oshirgan kashfiyotlari "Oddiy to`yinmagan uglevodorodlardan katalitik polimerlanish natijasida organik makromolekulalar sintezining fundamental usuli" uchun Nobel' mukofoti soxibi bo`lishdi. Bu olimlar tomonidan yaratilgan katalizator (TiCl3+Al(C2H5)2Cl) past bosimda (20 atm.) polietilen olish imkoniyatini yaratdi. Ilgari bu jarayon 2000 atm. bosimda joriy qilinar edi. Keyinchalik bu usul bilan stereoregulyar polimer olish mumkinligini isbotladilar va bu sintezni xam sanoat miqyosida amalga oshirdilar. Download 232.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling