11-ma’ruza: organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Ma’ruza rejasi!!! Murakkab radikallar nazariyasi


Download 232.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana02.02.2023
Hajmi232.82 Kb.
#1146569
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Ma\'ruza ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.

Valentlik xaqida ta`limot 


Dal'tonning ta`limotiga ko`ra bir modda atomlari boshqa atomlar bilan bog` xosil qiladi. Uning 
fikricha, bir modda atomlari o`zaro bog` xosil qilishi mumkin emas. 1841-42 yillar Jerar "Juft 
qismlar qoidasini" yaratdi, ya`ni organik molekulada S atomlari soni 4 ga karralanadi, kislorod - 
ikkiga, bularning soni molekulada juft va toq bo`lishi mumkin, ammo N atomlari soni doimo juft 
bo`lishi kerak. 1849 yilda Э. Frankland ruxning organik moddalar bilan birikmasini oldi, 1850-
51 yillar davomida boshqa metallar xosilasini xam oldi. Bu ishlar kimyoda atomlar bir-biri bilan 
ma`lum tartibdagina "to`yinishi" mumkinligini ko`rsatdi. 1857 yili Kekule va Kol'be uglerod 
atomining 4 valentli ekanligini isbotladilar.
Kimyoviy tuzilish nazariyasi 
Jerar va Loran ishlaridan keyin radikallar birikmalarning oxirgi bo`lagi emas, ularni xam 
atomlarga ajratish mumkin degan xulosaga kelindi. 1859-61 yillar yozgan darsligida Kekule: 
"Kimyoviy o`zgarishlarni o`rganib formula tuzilishini aniqlash mumkin degan tushuncha juda 
qiziq, molekuladagi atomlarning fazoviy tuzilishini qanday qilib qog`oz tekisligida ko`rsatish 
mumkin",- deydi. 1861 yili nemis tabiatshunoslarining s`ezdida Kekule o`zining fandagi tiplar 
nazariyasidan voz kechadi, moddalarning emperik formulalarga o`tish yo`li bilan ular tarkibini 
aniqlash mumkinligini e`lon qildi. o`sha paytda xech kimga tanish bo`lmagan shotland olimi A. 
Kuper (1831-1892 yy.) "Yangi kimyoviy tuzilish xaqida" maqolasi bilan chiqib, element 
valentligi uning kimyoviy tabiatini belgilaydigan muxim xossasidir deb yozadi. Bu maqola 
ko`pgina olimlarning qarshi chiqishiga olib kelsa xam, Kekule "o`zining keng falsafiy ong 
darajasi, qo`rqmasligi va qat`iyati bilan" ko`pchilikni lol qoldirdi va kimyo fani xaqidagi o`z 
dunyoqarashini o`zgartirib yubordi. A. Kuper o`shanda: "Jerarning tiplar nazariyasi xech narsani 
tushuntirib bermaydi, balki fan rivojlanishiga to`sqinlik qiladi"- deb yozgan edi.

Download 232.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling