11-ma’ruza: organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Ma’ruza rejasi!!! Murakkab radikallar nazariyasi
Download 232.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-Ma\'ruza ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metalepsiya xodisasi
- Ko`p asosli kislotalar nazariyasi
Murakkab radikallar nazariyasi
Bertselius Lavuaz'e xulosalarini tasdiqlab, organik moddalar S, N, O lardan tarkib topgan deydi, organik birikmalarni SN+O yoki S+NO tarzida qabul qiladilar. Olimlarning fikricha, radikallar nazariyasida xam organik moddalarni qutblangan deb xisoblaydilar: O elektromanfiy qism, R elektromusbat qism. Ko`pgina olimlar erkin radikallarni aniqlagan bo`lsalar xam, ular olinmagan va o`rganilmagan edi. 1840 yilga kelib radikallar va elektrokimyoviy dualizm nazariyalari orasida qarama - qarshi faktlar yig`ildi. Metalepsiya xodisasi Metalepsiya termini o`rin olish, almashinish degan ma`nolarni anglatadi. 1834 yilda Dyuma etanolga xlor ta`sir etib xloral' (C2H3Cl3O) oldi, ammo buni tezda xech kim e`tirof etmadi. Bu Bertseliusning elektrokimyoviy nazariyasiga qarama-qarshi edi, vodorod o`rniga xlorning almashinish mumkinligi xali xech kimning xayoliga kelmas edi. 1838 yilda Dyuma CH3COOH dan CCl3COH oldi va uning fizik xossalaridagi ayrim o`zgarishlarini aniqladi. 1842 yilga kelib Mel'zens teskari reaktsiyani amalga oshirdi, ya`ni trixlorsirka kislotasidan oddiy sirka kislotasini sintez qildi. Ko`p asosli kislotalar nazariyasi XIX asr 30-yillarigacha kislotalar - metallmas oksidi, asoslar- metall oksidi, tuzlar esa kislota va asos birikmasi deb qarashar edi. Bu reaktsiyalarda suvning roliga xech kim axamiyat bermagan edi. 1838 y. Libix "Organik kislotalar xaqida" asarida kislotalar bir-, ikki-, uch asosli bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi. Libix kislotalarning kislorodli nazariyasiga qarshi vodorod nazariyasi barcha kislotalarni xossalariga ko`ra birlashtiradi deb aniqlik kiritdi. Izomeriya Dastlabki taxlillar organik moddalar tarkibi ularning kimyoviy xossalarini belgilashini ko`rsatdi. Moddalarning xossasi ikki xil bo`lsa, ularning tarkibi xam boshqacha ekan degan xulosaga kelindi. 1817 yilda aniqlangan faktlar bu qoidaga bo`ysunmay qoldi. 1830 yilda esa Bertselius uzum kislota va vino kislotalarning tarkibi bir xil, ammo xossalari farq kilishini isbotladi. Bu xodisa moddalarda atomlarning turlicha bog`lanishi mumkinligi xaqidagi fikr tug`ilishiga olib keldi. Buni Bertselius shu yili izomeriya deb e`lon qildi. Moddalar bir xil sifat va miqdoriy tarkibga ega, ammo molekulyar massalari xar xil bo`lishi xam mumkin ekan. Bularga polimerlar deyildi. Download 232.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling