Fotosintez: yorug‘lik bosqichi reaksiyalari haqida umumiy maʼlumot


Download 1.34 Mb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1516524
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yorug\'lik bosqichi

NADFH hosil boʻlishi. Yuqori energiyali elektron esa elektron transport zanjirining ikkinchi qisqa tomoniga, yaʼni pastga harakatlanadi. Zanjirning oxirida elektron NADF++start superscript, plus, end superscript ga (bir xil yoʻnalishdagi ikkinchi elektron bilan) oʻtib, NADFH hosil qiladi.

Bu bosqichlarning yakuniy natijasida yorugʻlik energiyasi ATF va NADFH shaklidagi kimyoviy energiyaga oʻzgaradi. Yorugʻlik bosqichi reaksiyalaridan hosil boʻlgan ATF va NADFH fotosintezning keyingi bosqichi, yaʼni Kalvin siklida qand moddalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Siklik fotofosforlanish deb ataluvchi yorugʻlik reaksiyalarining yana bir koʻrinishida elektronlar boshqa bir aylana yoʻl boʻylab harakatlanadi va faqat ATF (NADFH emas) hosil boʻladi. 
[Siklik fotofosforlanish jarayoni haqida qoʻshimcha maʼlumot]
Yorugʻlik bosqichi reaksiyalarida elektron koʻchishlar yorugʻlikdan energiyani yutish orqali amalga oshirilishi mumkinligini va tezlashtirilishini anglash muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, elektronlar FS II dan FS I ga va FS I dan esa NADFHga koʻchib, energetik jihatdan pastga tomon harakatlanadi (energiya chiqarilib, oʻz-oʻzidan sodir boʻladi), chunki P680 va P700 dagi elektronlar yorugʻlikdan energiya yutilishi orqali yuqori energiyali darajaga koʻtariladi.

Fotosintezning energiya diagrammasi. Y koordinata oʻqi elektronlarning erkin energiyasini, X koordinata oʻqi esa yorugʻlik reaksiyalarida elektronlarning bosqichma-bosqich harakatini koʻrsatadi. Elektronlar suvda past energiya darajasida boʻladi, P680 ga yetish uchun pastga tomon ozgina harakatlanadi, yorugʻlik orqali yuqori energiya darajasiga qoʻzgʻaladi, pastga tomon bir qancha molekulalardan oʻtib, P700 ga yetib boradi, yorugʻlik orqali yuqori energiya darajasiga qoʻzgʻalib, nihoyat NADFHga (bu yerda elektronlar hali ham yuqori energiyali darajada boʻlib, NADFHning qaytaruvchi agent sifatida xizmat qilishiga imkon beradi) yetib borishdan oldin bir nechta molekulalardan oʻtadi.
Diagramma Rayan Gutierrezning chizmasi asosida chizilgan boʻlib, asl chizmaga qisman oʻxshash55start superscript, 5, end superscript.
Maqolaning keyingi qismlarida yorugʻlik bosqichi reaksiyalari bosqichlari va ishtirokchilari haqida batafsil oʻrganamiz.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling