Fotosintez: yorug‘lik bosqichi reaksiyalari haqida umumiy maʼlumot
Download 1.34 Mb.
|
yorug\'lik bosqichi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FS II da yorugʻlikning yutilishi.
- ATF sintezi.
Nosiklik fotofosforlanish deb nomlanuvchi jarayonda (yaʼni yorugʻlik bosqichi reaksiyalarining “standart” koʻrinishi) NADFH hosil qilinishidan oldin elektronlar suvdan ajralib, FS II va FS I orqali harakatlanadi. Bu jarayon yorugʻlikning ikki marta, yaʼni har bir fotosistemada bir martadan yutilishini talab qilib, ATFni hosil qiladi. Bu jarayon fotofosforlanish deb atalishining sababi u yorugʻlik energiyasini (“foto”) ishlatish orqali ADFdan ATFni hosil qiladi (“fosforlanish”). Quyida bu jarayonning asosiy bosqichlari koʻrsatilgan:
FS II da yorugʻlikning yutilishi. Fotosistema II dagi bir qancha pigmentlardan biri yorugʻlikni yutganida energiya reaksiya markaziga yetguncha bir pigmentdan boshqa pigmentga oʻtadi. U yerda energiya P680 ga oʻtkazilib, elektronni yuqori energiya darajasigacha koʻtaradi. Yuqori energiyali elektron esa akseptor molekulaga oʻtib, suvdagi elektronga almashtiriladi. Suvning bunday parchalanishi biz nafas oladigan O2O2start text, O, end text, start subscript, 2, end subscript ni chiqaradi. ATF sintezi. Yuqori energiyali elektron esa elektron transport zanjirida pastga tomon harakatlangani sari energiyani yoʻqotib boradi. Chiqarilgan energiyaning bir qanchasi stromadan tilakoidning ichki qismiga H+H+start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlari oʻtishini tezlashtirib, gradiyent hosil qiladi. (Suvning parchalanishidan chiqqan H+H+start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlari ham gradiyentga qoʻshiladi.) H+H+start text, H, end text, start superscript, plus, end superscript ionlari gradiyent tomon pastga, stroma ichiga harakatlangani sari ATF sintazadan oʻtib, xemiosmos deb ataluvchi jarayonda ATF hosil boʻlishini taʼminlaydi. FS I da yorugʻlikning yutilishi. Elektron fotosistema I ga yetib kelib, reaksiya markazida xlorofill donachalarining P700 juftligiga qoʻshiladi. Yorugʻlik energiyasi pigmentlar tomonidan yutilib, reaksiya markaziga oʻtganida P700 dagi elektronlar juda yuqori energiya darajasiga koʻtarilib, akseptor molekulaga uzatiladi. Bu juftlikning yoʻqotilgan elektroni fotosistema II dagi (elektron transport zanjiri orqali yetib kelgan) elektronga almashtiriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling