Fotosintez: yorug‘lik bosqichi reaksiyalari haqida umumiy maʼlumot
Baʼzi elektronlar aylana harakatlanadi
Download 1.34 Mb.
|
yorug\'lik bosqichi
Baʼzi elektronlar aylana harakatlanadi
Yuqoridagi bu yoʻl baʼzida chiziqli fotofosforlanish deb ham ataladi. Chunki elektronlar bir qatorda suvdan FSII va FSI orqali NADFHga harakatlanadi. (Fotofosforlanish – ATF sintezining yorugʻlik tufayli hosil boʻlishi.) Baʼzi holatlarda elektronlar bu yoʻlga amal qilmay, elektron transport zanjirining birinchi qismiga qaytib oʻtib oladi va NADFHda toʻxtash oʻrniga FSI orqali tinmasdan aylanadi. Bu jarayon siklik fotofosforlanish deb ataladi. FSI ni tark etgandan soʻng, siklik harakatlanayotgan elektronlar elektron transport zanjirining birinchi qismida joylashgan sitoxrom kompleksiga (Cyt) yoki plastoxinonga (Pq) qaytib keladi.10,1110,11start superscript, 10, comma, 11, end superscript Odatdagidek, elektronlar FSI ga zanjirdan pastga tomon harakatlanib, proton otilishiga va ATF hosil boʻlishiga olib keladi. Siklik yoʻl NADFH hosil qilmaydi, chunki elektronlar NADFH++start superscript, plus, end superscript reduktazadan boshqa tomonga yoʻnaltiriladi. Siklik elektron oqimida elektron FSI orqali bir necha marta aylanadi. FSI dagi elektron qoʻzgʻalgandan va ferredoksinga oʻtgandan soʻng, u elektron transport zanjirining birinchi qismida sitoxrom kompleksiga qaytariladi. Siklik harakatlanayotgan elektronlar ATF hosil boʻlishiga olib keladi (chunki protonlar tilakoid boʻshligʻiga otiladi), ammo NADFH ishlab chiqarilishiga sabab boʻlmaydi (chunki elektronlar NADP++start superscript, plus, end superscript reduktazaga oʻtkazilmaydi). Manba: OpenStax College, Biology (CC BY 4.0)ʼning “The light-dependent reactions of photosynthesis: Figure 8” (Fotosintezning yorugʻlik bosqichi reaksiyalari: 8-rasm) deb nomlangan grafik materiali oʻzgartirib olindi. Nima uchun siklik yoʻl mavjud? Hech boʻlmaganda baʼzi hollarda NADFH nisbati NADF++start superscript, plus, end superscript ga nisbatan koʻproq boʻlganida (yaʼni elektronlarni qabul qilish uchun juda oz NADF++start superscript, plus, end superscript mavjud boʻlganida) xloroplastlar chiziqli harakatdan siklik elektron harakatiga oʻtishini kuzatish mumkin.1212start superscript, 12, end superscript Bundan tashqari, siklik elektron harakati, ayniqsa, koʻp miqdordagi ATF molekulalari zarur boʻlgan fotosintezlovchi hujayralar turlari (masalan, C4C4start text, C, end text, start subscript, 4, end subscript fotosintezini amalga oshiradigan oʻsimliklarning shakar sintez qiluvchi bogʻlaydigan qatlam hujayralari)da keng tarqalgan boʻlishi mumkin.1313start superscript, 13, end superscript Nihoyat, siklik elektron oqimi fotohimoya rolini ham bajarishi mumkin, bu ortiqcha yorugʻlikning fotosistema oqsillariga zarar yetkazishining oldini oladi va yorugʻlik taʼsiridagi zararni tiklashga yordam beradi.1414start superscript, 14, end superscript Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling