Foyalanish samaradorligi
Qishloq xo`jaligi yerlarining tarkibi
Download 81.68 Kb.
|
2-MAVZU QXI
Qishloq xo`jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko`rsatkich qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibini ko`rsatadi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Кх.ер.тар Х.ер.м КХ я. ер м. 100 Bunda: Qx yer tarkibi. – qishloq xo`jaligiga yaroqli yer tarkibi, % Qx yer m. - qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydoni, ga X er m. - Haydaladigan yer (yoki sug`oriladigan yer) maydoni, ga Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar tarkibida haydaladigan yerlarning ayniqsa, sug`oriladigan yerlarning salmog`iga qarab tegishli xulosalar chiqaramiz. Xo`jalikda haydaladigan, ayniqsa (tabiati issiq o`lkalar sharoitida) sug`orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning ulushi qancha yuqori bo`lsa shuncha yaxshi (samarali) hisoblaymiz. Olimlarning izlanishlari shuni ko`rsatadiki 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan yer 5-7 gektar lalmi yerga teng mahsulot berar ekan. Boshqacha qilib aytganda 1 gektar sug`orilib dehqonchilik qilinadigan 6-7 gektar lalmi yerga teng. Agarda yer maydonlarining cheklanganligini, har bir ga yerni haydash, ekish, ishlov berish va hosilni yig`ib olish harajatlarini hisobga olsak sug`oriladigan yerlarning naqadar qard qimmati yuqori ekanligini ko`ramiz. Demak, imkon darajasida sug`orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarini asrash zarurati kelib chiqadi. Bozor sharoitida u boshqa yerlarga nisbatan qimmat turadi. Demak unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki soliq yukini belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo`ladi. Yerdan foydalanish koeffitsiyenti (martaliligi). Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Ер.ф.к Х .эк. м ЭМ Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsiyenti, marta EM - jami ekin maydoni, ga H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga Ushbu ko`rsatkich har bir mamlakat, region va xo`jaliklarda bir biridan keskin farq qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi, aholining va yer maydonlarining miqdori (soni) kabi ko`plab omillar ta`sir etadi. Yer fondidan foydalanish ko`rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik bilan bog`liq ko`rsatkichlar kirib ularning o`zi natural va qiymat ko`rsatkichlarga bo`linadi. Natural ko`rsatkichga qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik quyidagicha aniqlanadi. Хосилдорлик ЯХ ЭМ Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, s/ga Em - ekin (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga Yah - yalpi (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosil, s Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko`rsatkichlar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq: Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Ер.ф.с Ям ЭМ Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m EM - jami ekin maydoni, ga Y.m. – yalpi mahsulot, so`m Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi, inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar darajasi....) ta`sir etadi. Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Ер.ф.с Ф ЭМ Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m EM - jami ekin maydoni, ga F. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so`m Ushbu ko`rsatkich natijalari ham o`sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. (Unga ta`sir qiladigan omillar juda ko`p va uning o`sish darajasi qanday bo`lishi boshqa masala). Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o`rganish lozim. Ayniqsa, mamlakatimiz uchun resurslarining ahamiyati katta. Shu sababli 1 metr kub suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu ko`rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin. Download 81.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling