Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va shakllanish bosqishlari. Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati va shakllanish bosqishlari


Download 290.76 Kb.
bet5/9
Sana28.10.2023
Hajmi290.76 Kb.
#1731558
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamajonov soliqlar va soliqqa tortish

Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadagan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bazasi quyidagicha aniqlanadi.
Foyda solig’i bazasi =  Daromadlar -  Xarajatlar + Chegirilmaydigan xarajatlar - Hisobot davrining soliq solinadigan bazadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari - Imtiyozlar
Yuridik shaxslarning foydasi respublikamiz buxgalteriya qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.
Respublikamizda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslarning mahsulot (ish, izmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asosini O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom belgilaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari
YaF = SST – IT; (1) bunda,
YaF –yalpi foyda; ST – sotishdan olingan sof tushum;
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
AFF = YaF – DX + BD – BZ; (2) bunda,
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
БЗ – asosiy faoliyatdan kurilgan boshqa zararlar
UF = AFF + MD – MZ; (3) bunda,
UF – umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari
STF = UF + FP – FZ ; (4) bunda,
STF = soliq tulangungacha olingan foyda; FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar
SF = STF – FS – BS; (5) bunda,
SF – sof foyda; FS – foydadan to’lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar
Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo’lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag’larni kiritish mumkin.

Download 290.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling