Foydalanilgan adabiyotlar royhati
Download 215.43 Kb.
|
Kurs ishi Ismayilov.U tayyor
XULOSAMoliyaviy Risklarni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar mohiyati shundan iboratki, ularning hajmini baholash, risklarni pasaytirish bo‘yicha samarali va tejamkor choralar ishlab chiqish, so‘ngra risklar maqbul keladigan doirada bo‘lishiga ishonch hosil qilish zarur. Jarayonning asosiy natijalaridan biri aktivlari identifikatsiya qilishdir.Shuningdek, tashkilotning axborot sturkturasi va undan foydalanish usullari haqida batafsil axborot olish hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni axborot tizimi kartasiga mos keluvchi obyektlarning chegaralari sifatida chizib ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Moliyaviy xavf(risk)ni boshqarish, boshqa tomondan, moliyaviy kotirovka yordamida boshqariladi. Risklarni boshqarish maqsadi biron bir oldindan tanlangan domenga bog'liq turli risklarni kamaytirish hisoblanadi. Bu, atrof- muhit, texnologiya, odamlar, tashkilotlar va siyosiy vaziyatlar oqibatida ko'plab turdagi tahdidlarga aytish mumkin. Oz-moz bo‘lsa ham yirik tashkilotning axborot asosi tarmoq hisoblanadi, shu sababli apparat aktivlari qatoriga kompyuterlar (serverlar, ishchi stansiyalar, SHK), periferiya vositalari, tashqi interfeyslar, kabel xo‘jaligi, aktiv tarmoq uskunalari (ko’priklar, marshrutizatorlar va h.k.). Dasturiy aktivlar qatoriga, ehtimol, operatsion tizimlar (tarmoq, server va mijoz tizimlari), amaliy dasturiy ta’minot, instrumental vositalar, alohida tizimlarni va tarmoqni boshqarish vositalari kiritilishi mumkin. Dasturiy ta’minot qayerda (tarmoqning qaysi qismida) saqlanishi va u qaysi qismlardan iborat ekanligi, qanday foydalanilishini qayd qilish lozim. Axborot aktivlarining uchinchi turi - saqlanadigan, qayta ishlanadigan va tarmoq bo‘yicha o‘zatiladigan ma’lumotlardir. Ma’lumotlarni maxfiylik darajasi va turi bo‘yicha tasniflash, ularni saqlash va qayta ishlash joylarini, ularga ulanish usullarini aniqlashtirish lozim. Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichidako‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilanbog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy- siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika- texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi,ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar. Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling