Foydalanilgan adabiyotlar royhati
Download 215.43 Kb.
|
Kurs ishi Ismayilov.U tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavjud ma’lumot tahlili.
- Ssenariyaviy tahlil.
Riskni baholash. Risklarni baholash – bu har bir risk uchun qabul qilingan mezon asosida qiymat belgilash va ehtimolli imkoniyatlarni aniqlash hisoblanadi. Buni ikki bosqichda amalga oshirish mumkin: birinchi bosqichda sifatiy hisoblash texnikasidan foydalanib risklarni dastlab saralab olinadi, ikkinchi bosqichda eng ahamiyatli risklar bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘tkaziladi.
Riskni baholash jarayoni oddatda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Risklar va imkoniyatlarni dastlabki tekshirish (saralab olish) sifatiy texnikalar yordamida amalga oshiriladi, so‘ngra risk va imkoniyatlarning muhimlarini miqdoriy hisoblanadi. Sifatiy baholash har bir risk va imkoniyatni yuqorida keltirilgan namunaviy shkalalar bo‘yicha tahlil qilish orqali baholashdan iboratdir. Miqdoriy tahlil esa ham ta’sir kuchi va ham ehtimollikning turli ma’lumotlar manbasidan foydalangan holda sonli qiymatini aniqlashdan iborat. Tahlil sifati ushbu sonli qiymatlarni to‘liqligi va aniqligi hamda qo‘llanilayotgan model asosliligiga bog‘liq bo‘ladi. Riskni baholash yondashuvlarining har ikkalasi ham yutuq va kamchiliklarga ega. Sifatiy baholashda keng ishtirok etadigan usullarga quyidagilar kiradi: intervyu va so‘rov o‘tkazish texnikasi, samaradorlikning qiyosiy tekshiruvi, stsenariyaviy tahlil. Miqdoriy texnikalar o‘z ichiga deterministik (aniq) va stoxastik (ehtimolli) modellarni oladi. Mavjud ma’lumot tahlili. Risk sodir bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida ichki va tashqi audit xulosalari, kafolat bo‘yicha da’vo va shikoyatlar, sug‘urta kompaniyalari, sanoat birlashmalari va tadqiqot tashkilotlarining ochiq hisobotlarini keltirish mumkin. Mavjud ma’lumotlarga tayanish ob’ektiv sanalsa-da, ushbu ma’lumotlar bazasini joriy holatga o‘rinliligini baholash muhim hisoblanadi. Ssenariyaviy tahlil. Risk bo‘yicha bir nechta ssenariyni shartlari bilan ishlab chiqishni talab etadi. Quyidagi jadvalda korxona daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ssenariyaviy tahlili keltirilgan. Download 215.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling