Foydalanilgan xom ashyo materiallari
TSement xamirining suv ajralish jarayonini aniqlash
Download 162.88 Kb.
|
proktika Farhod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tỹldiruvchilar yirikligi bỹyicha o’lchov idishlarining ỹlchamlari
TSement xamirining suv ajralish jarayonini aniqlash.TSementdan suvni ajratishning bir qancha turlari bor. Sinashning bir turi quyidagicha: qattiq qog’ozga 350gr tsement 1gr aniqlikda tortiladi 350ml suvni 1ml aniqlikda o’lchanadi. Olingan suvdan 250ml 1l chinni stakanga quyiladi ustiga tsement sepiladi.
Olingan tsement hamirini 4 minut aralashtirilib sekin hajmi 500ml bo’lgan tsilindr idishga solinadi. SHpatelda qolgan tsement hamirini va stakandagi qoldiqlarni suv bilan yuvib tsilindrga quyiladi. TSement bilan suv bir necha marta aylantiriladi, qo’l bilan berkitilib, keyin stolga qo’yilib tsement hajmi o’lchanadi. Tajriba vaqtida tsilindrga tegmaslik kerak. Tajriba 25±10S da o’tkaziladi. Suvni ajralish jarayonini kuzatishda har 15 minutlan 1 soatgacha tsement hamirining hajmini o’lchab turiladi. Keyin har 30 minutda o’lchanadi. Tajribaning boshida hisobni va yakunida hisobni olib o’rtacha hisob chiqariladi. Ikkita hisob bir xil o’lchamga ega bo’lgandan keyin tajriba to’xtatiladi, tsilindr yuviladi. Tỹldiruvchilarning uyilma zichligi. To’ldiruvchilar uyilma zichligi deb, to’ldirgich massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo’shliq xisobga olinadi). G’ovak to’ldiruvchining uyilma zichligi o’lchamli idishda aniklanadi, uning o’lchami to’ldiruvchining yirikligiga bog’liq ravishda qabul qilinadi. Tỹldiruvchilar yirikligi bỹyicha o’lchov idishlarining ỹlchamlari
Doimiy massagacha quritilgan tỹldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100mm bulgan tsilindr shaklidagi ỹlchov idishiga solinadi va ortiqchasi metal chizg’ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin ỹlchov idishi torozida tortiladi va ỹrtachasi arifmetik usulda aniqlanadi. Uyilma zichlik quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi: , ( kg/m³)
SHuni ta’kidlash kerakki, tỹldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash ỹlchov idishi shakli va sig’imiga, ỹlchov idishi ỹlchamlariga, tỹldiruvchilar donalariga bog’liq. Berilgan yiriklikdagi tỹldiruvchilar donalari uchun, idish ỹlchami qancha kerak bỹlsa, tỹldirgich xolati (stepen) nisbatan donador material xajmi kichik bỹladi. SHu sababli normativ bỹyicha standart ỹlchov idishlar g’ovak tỹldiruvchilar uchun qỹllaniladi (Uz RST). Standart bỹyicha shag’al va shag’al (chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50l sig’imli o’lchov idishlar, qum uchun 1litrli o’lchov idishi ishlatiladi. G’ovak tỹldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bỹyiga o’rnatiladi. Tỹldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash tỹldiruvchilar massa ulushini xisoblashga (agar hajmi malum bỹlsa), korxona tarkibidagi omborlari sig’imini, bunkerlar sig’imini, beton tarkibini xisoblashda, tỹldiruvchilarni betonda to’g’ri taqsimlash (dozirovka)da zarurdir. Download 162.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling