Foydalanish ishlarining asosiy tushunchalari


Download 9.58 Kb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi9.58 Kb.
#1748103
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)


1-MA’RUZA
FOYDALANISH ISHLARINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
REJA:
1.1. Fanning maqsad va vazifalari hamda tashish jarayonlarini tashkil etishda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar.
1.2. Temir yo‘l stansiyalarida bajariladigan amallar.
1.3. Harakatni tashkil etishning asosiy tamoyillari.
1.1. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA TASHISH JARAYONLARINI
TASHKIL ETISHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY TUSHUNCHALAR
“Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” fanining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni temir yo‘l transportida poezdlar harakati va manevr ishlarini tashkil etish va boshqarishga tayyorlash.
“Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” fanining vazifalari:
- tashish jarayonlarining real sharoitlarida temir yo‘l transportining texnik jixozlanganligidan samarali foydalanishni o‘rgatish;
- temir yo‘l bekatlari va uzellarining ishini samarali tashkil etishni o‘rgatish;
- poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlagan holda yo‘lovchi va yuk tashishlarga bo‘lgan talabni qondirishni o‘rgatish;
- temir yo‘l uchastkalarining yuk va poezd o‘tkazish qobiliyatini oshirishning samarali variantini tanlashni o‘rgatishdan iborat.
Tashish jarayonlarini tashkil etishda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
temir yo‘l transporti (temir yo‘l) – umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yo‘llari va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iboratdir;

tashish jarayoni – yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish va tugallash chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq harakatlar va operatsiyalar majmui;


Download 9.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling