Foydalanish usullari
Hafta kunlarining nomlanishining astronomik ifodasi
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Hafta kunlarining nomlanishining astronomik ifodasi Oy (dushanba) Mars (seshanba) Merkuriy (chorshanba) Yupiter (payshanba) Venera (juma) Saturn (shanba) Kuyosh(yakshanba) Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bо‘lgan. Shanbaning 1, 8, 15, 22, 23-soatlarini Yupiter, 24-soatini Mars boshqargan. Yetti kunlik hafta imperatorOktavian Avgust davrida keng tarqaldi. 321 yilda imperator Konstantin “Hamma fuqarolar quyosh kuni dam olsin”, - deb farmon berdi. Slavyanlarda ham yetti kunlik hafta bо‘lib yakshanba “nedelay”, ya’ni “hech narsa qilma”, “ishlamaydigan kun” - deyilgan. Dushanba – “ponedelnik” - "nedelay"dan keyingi kun, vtornik seshanba – “nedelay”dan sо‘nggi ikkinchi, sreda “chorshanba” - nedelay haftaning о‘rtasi, “chetverg”, "pyatnitsa”- tо‘rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. “Subbota” - “Sabbatum" qadimgi yahudiy sо‘zidan olingan bо‘lib “shabbaton” - dam olish demakdir. Yahudiylar shanba kuni dam olganlar. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha “nedelay” deb atalgan. Hafta sо‘zining о‘rnida esa “sed’mitsa” ishlatilgan. Qadimgi Skandinaviya xalqlarida shvedlarda shanba – “laugarsday” - “hammom kuni” degan ma’noni bildirgan. Ba’zi xalqlarda eston, latish, arab, yunon va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami bо‘yicha atalgan. Haftalarni raqamlash qadimda Bobilda ham mavjud bо‘lgan. Masalan: Saturn kuni baxtsiz hisoblangan bois, shu kuni ular biror bir ish bilan shug‘ullanishmagan va “shabbat” – “osudalik” nomini olgan. Shu nom keyinchalik arab va slavyanlarda ham ishlatilgan. Gruzinlarda beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba – “shabati”dan tashqari yana, ikkinchi shanba (orshabati) - ya’ni, dushanba, uchinchi shanba (samshabati) seshanba, tо‘rtinchi shanba (otxshabati) - chorshanba, beshinchi shanba (xutshabati) payshanba, juma - paraskevi va yakshanba - kriva deb ataladi. Forslarda ham hafta nomlarida shanba sо‘zi olti marta takrorlanadi. Yakshanba - birinchi shanba, dushanba - ikkinchi shanba, seshanba-uchinchi shanba, chorshanba - tо‘rtinchi shanba, payshanba - beshinchi shanba. Juma - muqaddas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz, Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida “bozor”- yakshanba, turklarda ham yakshanba –“pazar”, “pazartesi”- bozordan keyingi kun deb ataladi. Angliyada shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid Monmutskiy (XII asr) asarlaridan bunga bir necha misol topish mumkin. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, turli nomlar va shakllarda haftalardan foydalanilgan. Yer sharining о‘z о‘qi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt sutka deb ataladi. Sutka- vaqtning dastlabki о‘lchov birligidir. Sutkaning 24 dan bir bо‘lagi bir soat, soatning 60 dan bir bо‘lagi minut, minutning 60 dan biri sekund deyiladi. Yer о‘z о‘qi atrofida notekis aylanishi ma’lum, ammo bu notekislik kichik bо‘lib, 100 yilda sekundning mingdan bir ulushi bilan о‘lchanadi. Qadimda kecha va kunduzning almashishidan vaqt о‘lchovi meyori sifatida foydalanishgan. Barcha halqlarda sutka birligi bir xil. Qadimda yunoncha “hemera” - sutka sо‘zi ikki ma’noda qо‘llanilgan: 1) Quyosh chiqishidan botishigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i; 2) Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i. Lotincha “diyes” - sutka sо‘zi ham shu ma’noni bildirgan. Qadimgi Misr, Bobil Yunoniston va Rimrda sutka ertalabdan, О‘rta Osiyoda kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan foydalangan afinaliklar, germanlarda ham sutka-kun kechqurundan boshlangan. Zardushtiylar esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan. Sutkalarni dastlab misr kohinlari 24 soatga bо‘lganlar. Gerodotning yozishicha, miloddan avvalgi VI asrda Ahmoniylar hukmdori Doro skiflarga yurishi davrida qо‘riqchilariga vaqtni hisoblash uchun tugilgan arqon tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni shohning qaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahmoniylar hukmdorligi davrida vaqtni hisoblashning bundan ham mukammalroq usullar mavjud bо‘lgan. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bо‘linadi. Kundalik hayotimizda asosan о‘rtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. О‘rtacha Quyosh - ekvator bо‘ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan hayoliy nuqtadir. О‘rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya payti о‘rtacha tushlik payti deyiladi. О‘rtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. О‘rtacha Quyosh markazining pastki kulminatsiya payti yarim tun deb fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24.00) hisoblanadi va kalendarda kun о‘zgaradi. Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush paytida о‘zgarar, yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling