Foydalanish usullari


         Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti arxeologi, professori Y.Ekkel


Download 199.97 Kb.
bet23/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



        
Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti arxeologi, professori Y.Ekkel

(1737-1798) asos soldi. U sakkiz jilddan iborat “Nauka o drevnix monetax”
“Qadimgi tangalar ilmi” (Vena, 1792-1798) kitobida 70 mingdan ziyod tangalarga
tartib berdi. Y.Ekkelning bu tо‘plami
uchun unga antik davr tangashunosligining otasi nomi berilgan.   





      
Germaniyalikakademik Rossiya Fanlar Akademiyasi Qozon universiteti professori
Xristian Martin Fren (1782-1851) Oltin


О‘rda
tangalarini

о‘rganib,
tasniflagan.  Xristian Martin Frenni
1807 yilda universitetga  taklif
etishganda, u “Opisaniye
nekotorix Samanidskix i buveyxidskix monet

mavzusida arab tilida ma’ruza


о‘qigan
va bu ma’ruza kitob qilib chop etilgan. U bu yerda Povoljyedan topilgan
tangalarning 400 turini

о‘rgandi
va yozma manbalarda keltirilmagan Oltin

О‘rda
xonlarning nomlarini aniqladi. Bundan keyin olim Peterburgdan ketmadi va umrini
Sharq tangalarini

о‘rganishga
bag‘ishladi. U xatto

о‘z
familiyasiga Xristian Danilovich nomini qо‘shdi.
Uning shogirdi P.S.Savelyev u haqda: “Martin Fren Rossiya uchun Sharq tangalari
manbashunosligini ochdi”, - deb yozadi.




      1834 yilda
A.D.Chertkovning “Opisaniye
drevnix russkix monet
” asarida 
qadimgi  rus tangalarining
ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilyevich Oreshnikov
(1855-1933) tangani muhim tarixiy manba deb ataydi. Uning “Russkiye
moneti
” asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog tuzgan.





       
XX asrda numizmatikaning mavqei


о‘zgardi.
Tadqiqotlar xususiy myunskabinetlardan davlat darajasiga kо‘tarildi.
“Numizmat” tushunchasi “kolleksioner” tushunchasidan ajratildi. Tangalar
haqidagi fan tadqiqotchilarning harakatlari tufayli olg‘a siljidi. 1986 - yilda
Kembrijda 13 tomlik tanga pullar tarixi bо‘yicha
jahon olimlari ishtirokida yozilgan tо‘plamning
1 jild bosmadan chiqdi.


О‘zR
FA Muso Toshmuhammad

о‘g‘li
Oybek nomli

О‘zbekiston
xalqlari tarixi muzeyining “Numizmatika” bо‘limi


О‘rta
Osiyo bо‘yicha
eng boy haqiqiy tangalar saqlanadigan va uni


о‘rganadigan
ilm-fan dargohlaridan biridir. Unda Eron shohi Doroning oltin tangalari,
Aleksandr Makedonskiyning tetradrahmasidan tortib XX asrning boshlarida

О‘rta
Osiyoda zarb qilingan va savdo muomalasida yuritilgan 65 mingdan kо‘p
turli tuman oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar saqlanmoqda. 





        
Ushbu tangalar


о‘lkamizning
iqtisodiy rivojlanishi, hunarmandchilik va tashqi savdo aloqalari tarixini


о‘rganish
uchun qimmatli manbalar beradigan ilm xazinasidir. Numizmatika ba’zan tarixning
muhim sahifalari bо‘lgan


о‘z
zamonasining siyosiy-iqtisodiy tuzilmalarini ochib berishda qimmatli
ma’lumotlarni, ya’ni tarixiy hujjatlarda

о‘rganilmagan,
qayd qilinmagan voqealarni, podsholarning hukmronlik qilgan yillari, nomlarini
aniqlashda asosiy manba bо‘lib
xizmat qiladi. Ilk


о‘rta
asrlarda Sharq musulmon davlatlarida zarb qilingan tangalarga mahalliy
hukmdorlar

о‘zlari
bilan birga halifa nomini ham qо‘shib
zarb qilganlar. Chunki halifa Xudoning yerdagi noibi, diniy va siyosiy hokimiyat
ramzi hisoblangan. Agar tangalarda halifa nomi qayd qilinmagan bо‘lsa,
demak yerli hokimiyat va Amir-al-Mо‘min


о‘rtasida
nizo borligini va yoki unga qaram emas, davlatning mustaqilligini 
kо‘rsatadigan
dalil bо‘lgan.





Tangalar nafaqat siyosiy balki, madaniyat san’atga ham oid qimmatli
ma’lumotlarni beradi. Ular arxitektura yodgorliklari suratini aks
ettirganligini, ularga qarab me’morlar binolarni ham ta’mirlashi mumkin[1]
.
Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri
tasvirlangan. Bu bilan Akropolning qaysi tomonida bu teatr joylashgan

о‘rni
aniqlangan.




        
Xazina va tanga pullar topilmasi bugungi kunda maxsus tadqiqotlarning
asosiy ob’ktlari hisoblanadi. Bu manba orqali numizmat tanga pullar zarb
qilingan vaqtdagi pul muomalasiga, savdo yо‘llariga
va iqtisodiy aloqalariga oid savollarga javob topishi mumkin. Sо‘nggi
40-yillar mobaynida numizmatika Maxsus fanlar doirasidan bir muncha
chetga chiqdi, ammo


о‘zida
yordamchi tarix fani funksiyasini saqlab qoldi. (Bu yillar mobaynida uning
mustaqil tarix faniga aylanishi uchun sharoit vujudga keldi).




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling