Foydalanish usullari
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- bonistika
- Petrarka (1304-1374) tо‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi
- Andreo Fulvioning
Numizmatika fani Numizmatika - tangalar xaqidagi fandir. U lotincha “numisma” sо‘zidan olingan bо‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatlar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, о‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bо‘lganligi kabilarni о‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bо‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistikaо‘rganadi. Tanga - bu belgilangan normadagi metall quymasi. U о‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bо‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi. Pul, qiy mat о‘lchovi, muomala vositasi, xazina tо‘plash, tо‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi. Insoniyat tarixi va madaniyatini о‘rganishda tangalarning ahamiyati katta. Xususan, tarix, siyosat, iqtisod, san’atshunoslik, mafkura, til, me’morchilik, savdo, xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bо‘lgan muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Tangalar bо‘lib о‘tgan tarixiy voqealarning sanasi, shohlar hukmronligi, davlat chegaralari, kiyimlarini о‘rganishda ham katta ahamiyatga ega. Qо‘lyozmalar asrlar davomida boshqalar tomonidan о‘zgartirilar, qayta kо‘chirib yozilar, ayrim sо‘zlarning ma’nosi aslidan uzoqlashib ketardi. Tangalardagi zarb etilgan yozuvlar esa qanday bо‘lsa shundayligicha saqlanib qolaveradi. “Numizmatika” termini о‘rta asrlarda paydo bо‘lgan. Bugungi kunda “numizmatika” tushunchasi tanga va medallarni kolleksiyalash hamda ularni о‘rganuvchi fanni о‘z ichiga oladi. Yevropada qadimgi tanga pullarga qiziqish uyg‘onish davrida boshlangan. Dastavval ularga estetik nuqtai – nazardan qaralgan va mashhur tanga kolleksionerlari bо‘lgan. Ayniqsa XIV-XV asrlarda uyg‘onish davri mamlakati bо‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiriPetrarka (1304-1374) tо‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi(1389-1464) va boshq. Birinchi numizmat paduyalikDjovanni Kavini(1499-1570) bо‘lib, uning kolleksiyasida kо‘plab qadimgi davr tangalari bо‘lgan. 1517 yilda Rimda Andreo Fulvioning “Izobrajeniya znamenitix lyudey” (“Mashhur shaxslarning tasviri”), 1553 yilda Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling