Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet24/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



 






2.Tangalar
paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar.
Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi.


Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumining tosh
asridan boshlanganligini isbotlaydi. Inson о‘z mehnati mahsulotlarini
ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u
tanqis ashyolarni pul о‘rnida ayirboshlay boshladi.


Bunday tovar-pul muomalalari mintaqalarda turli kо‘rinishda
amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada “kauri” nomli chig‘anoqlar pul
vazifasini


о‘tagan.
Ular ayrim elatlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX
asrigacha savdo vositasi bо‘lib
kelgan va kauri chig‘anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha
vaqtgacha muomalada bо‘lgan.
Ular milodning VI-VIII asrlarda Germaniyada, XI asrda Shvetsiyada
ishlatilganligi, Gvineyada ham kauri tasviri tushirilgan pullar mavjud bо‘lganligi
aniqlangan. Umuman olganda, kauri va shunga


о‘xshash
kо‘pgina
narsalarni inson


о‘z
qо‘li
bilan yaratishga intilgan va shuning uchun ayrim arxeologik qazilma ishlarida
ma’dan yoki toshdan yasalgan taqlidiy kauriylarni ham uchratish mumkin. Bundan
tashqari– qoramol, harsang, it tishi, chо‘chqa
dumi, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qо‘llanilgan.
Odamzod


о‘zi
uchun qulay pul shaklini ixtiro etguniga qadar, mazkur “pul”larni tabiatdan olib
savdo vositasi sifatida ishlatib turgan. Bunday pullar jamiyat taraqqiyotining
ma’lum bosqichlarida

о‘zini
oqladi. Ammo vaqt

о‘tishi
bilan ular davr talabiga javob bermay qoldi.
Demak, tosh asrda ham qabilalar


о‘rtasida
turli xil ashyolar ayirboshlangan. Qabila va jamoadagi mehnat taqsimoti moddiy
va ehtiyoj buyumlarini ayriboshlashning rivojlanishida asosiy omil bо‘lgan.
Ana shu tovar ayirboshlash natijasida ma’lum miqdorda mol ortib qolgan. U boshqa
mollar narxining ekvivalentiga aylangan. Ana shu asnoda birinchi pullar paydo bо‘la
boshladi.




      
Tovar pullar, xususan hayvonlarning terisi, ishlab chiqarish qurollari va boshqa
ashyolar hozirgi pullar darajasida muomalada bо‘lgan.
Kо‘pgina
xalqlar tovarlarni qoramollar bilan baholashdan keyin metall pullarga


о‘tganlar.
Ungacha tovarlarning qiymati hо‘kiz,
qoramol yoki qо‘ylar
bilan belgilangan.


Bu pullarda ifodalangan qiymatlar nisbiy edi. Ulardan foydalanishda qator
qiyinchiliklar bor edi. Shuning uchun muomalada yanada qulay bо‘lgan
aniq qiymatli, tovar pulga ehtiyoj tug‘ila boshladi. Bunday pul uzoq vaqt
izlandi va nihoyat odamlar pul uchuchn metallarni tanladilar. Chunki metall
pullarni uzoq saqlash va uni kichik bо‘laklarga
bо‘lish
mumkin. Ular kо‘p
joy egallamagan, olib yurish ham oson bо‘lgan.
Metall pullar orasida, ayniqsa oltin va kumush pul qadrlangan.





     Shunday qilib,
endi ayriboshlash uchun ajratilgan mollar vositachi tovarning qiymati bilan
aniqlanadigan bо‘ldi.
Bu vositachi tovarlar odamlar bilgan birinchi pul edi.




      
Ayriboshlash har doim va turli sharoitda qiymati birdek


о‘zgarmaydigan,
qо‘llash
oson bо‘lgan
baho


о‘lchovini
taqozo qilardi. Mana shunday savdo shartlariga yangi paydo bо‘lgan
metall pul javob bera boshladi, bu


о‘z
navbatida savdo muomalasida mavjud bо‘lgan
pulning barcha mavjud shakllarini siqib chiqardi. Metall pullar qismlarga bо‘linishi,
qimmat yombini arzon qilish mumkinligi jihatidan ham ahamiyatli edi. Tilla va
kumushdan tayyorlangan pullar esa eng qulay va qiymatli pul hisoblanardi.




      
Kishilar asta-sekin ma’lum og‘irlikdagi yombilarni tayyorlay boshladilar. Lekin
metall pullarda hali aldanish imkoniyati yashirinib yotardi. Chunki, kishilar
mis, qо‘rg‘oshin
singari arzon metallarni oltin va kumush parchalariga aralashtirar edilar.
Hukumat bu firibgarliklarga chek qо‘yish
maqsadida


о‘zi
zarb qilgan metall pullarga muhr bosib chiqara boshladi.
Insonlar qattiq jazo choralariga qaramay, bunday hol davom etavergani sababli,
hukmdorlar

о‘z
quymalarini muhrlashga, ya’ni ularda biror tasvir yoki tug‘ro–gerbni ifodalashga
odatlandilarki, bu bilan quymalar haqiqiyligi davlat tomonidan kafolatlanadigan
bо‘ldi.




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling