Foydalanish usullari
 
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umar Xayyomning
Sharqning eng yirik Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga kо‘ra Malikshoh qurdirgan edi.Olim bu rasadxonada olib borgan kо‘p yillik kuzatishlari natijasida о‘zining “Malikshoh ziji” asarini yozadi.Umar Xayyomning xronologiya faniga qо‘shgan hissasi kalendar islohotiga tegishlidir.Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navrо‘z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qо‘llanib kelingan yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendar yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga kо‘ra har о‘ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari yettinchi kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan sо‘ng emas, tо‘rt yildan sо‘ng beshinchi yili qabul qilinadigan bо‘ldi. Natijada, Umar Xayyom kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bо‘ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bо‘lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil etadi.Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi. Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079 yil (hijriy qamariy 471 yil)da qabul qilinib, Eronda XIX asrning о‘rtalariga qadar qо‘llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga “Jaloliy kalendari” ham deb yuritilgan. Uning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari “Navrо‘znoma”dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi Navrо‘z bayramining qanday nishonlangani tо‘g‘risida ma’lumotlar hamda oy nomlarining lug‘aviy ma’nosi ham berilgan. Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi yulian kalendaridan farq qiladi.Unda 28 yil ichida yulian kalendaridagidek har tо‘rtinchi yili, keyingisi о‘ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil о‘tkazib о‘ttiz uchinchi yilda qо‘shiladi. Demak, yulian kalendari bо‘yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bо‘lsa, Umar Xayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bо‘ladi. Bu esa tropik yildan 0.0002 sutka ortiq, xolos. Demak, Umar Xayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chiqadi. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling