Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet41/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



 






2.        


Yozuvlarning paydo bo‘lishi.
Insoniyat


tarixidagi yozuvlar haqida ma’lumot, uning turlari. Piktografik, logografik,
bo‘g‘inli, harfiy yozuvlar.





Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir.Ibtidoiy jamoa
davrida odamlar о‘z fikrlari.xohish-istaklarini, biror voqea-hodisa haqidagi
xabarni turli xil narsa-predmetlar yordamida ifodalaganlar (yetkazganlar). Lekin
bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma’lum muddat vaqt о‘tganidan keyin u yoki bu
fikrni bildira oladigan  shartli
belgilar paydo bо‘lgan.


Bu shartli belgilardan keyin biz yozuv deb ataydigan va ma’lum tizimga ega bо‘lgan
belgilar vujudga kelgan.




Eramizdan avvalgi tо‘rtinchi
ming yillikda Arabiston yarim orolidagi qadimgi davlatlar hududlarida Misr va
Shumerda
yozuvlar paydo bо‘lgan.
Ikkinchi ming yillikning boshlariga kelib,


О‘rta
Yer dengizi qirg‘oqlarida ossuriylar va bobiliylar yozuvi shakllangan. Hozirgi
Hindistonning Shimoliy qismi va Old Osiyo hududlarida esa hind yozuviga asos
solingan. Undan ham keyinroq, yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan.




Umuman, insoniyat tarixi yozuvning tо‘rt
qadimiy turini biladi:




        
1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman
qismlaridan iborat bо‘lib,
rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida
paydo bо‘lgan.
Odamlar


о‘z
fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali
bir-birlariga yetkazganlar.Odamlarning

о‘zi
chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar, tо‘qnashuvlar,
majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan
ikkinchi joyga yetkazish uchun xizmat qilgan. Yozuvning bu turi juda katta
hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret
narsa-hodisa tо‘g‘risidagi
xabar oson yetkazilgan bо‘lsa-da,
abstrakt (mavhum) tushunchalarni yetkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bо‘lgan.Shu
sababli yozuvning bu turi insonning talabiga tо‘la
javob bera olmagan.




Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib
qolgan.Masalan, darvoza tepasiga qо‘yilgan
itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir.Transformator budkasi
devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib
ishlangan barmoq surati harakat yо‘nalishini
bildiradi va hokazo.




Vaqt


о‘tishi
bilan piktografik yozuv

о‘rnini
undan mukammalroq va murakkabroq bо‘lgan
logografik yozuv egallagan.




2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - sо‘z,
mantiq va «grafo» - yozaman sо‘zlaridan
shakllangan.Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir
tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan.
Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl 
bilan ifodalanishi kerak bо‘lgan
predmet yoki tushuncha


о‘rtasida
mantiqiy bog‘liqlik mavjuddir. Shuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom
olgan.Bu yozuvda masalan, ikkita qо‘lning
surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan.Agar bir qо‘lda
qalqon, ikkinchi qо‘lda
nayza surati bor bо‘lsa,
bu «jang» yoki «jang qilmoq» sо‘zlarini
bildirgan.«Kо‘rmoq»
fe’lini bildirish uchun ikkita kо‘z
surati xizmat qilgan.«Baxillik», «ochkо‘zlik»
ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq»
ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq» ma’nolariga tо‘g‘ri
kelgan. Yozuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.




Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham
bilavermagan. Undan asosan ruhoniylar, davlat tepasidagi amaldorlar,
mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bо‘lishgan.




3. Bо‘g‘in
yozuvi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning


о‘rtalarida
va birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va
soddaroq bо‘lgan
yozuv shakli shakllana boshlagan. Bu yozuvda sо‘zlar
hamda ayrim sodda jumlalar bо‘g‘inlarni
bildiruvchi belgilar yordamida ifodalangan.Shuning uchun bu yozuv bо‘g‘in
yozuvi deb ataladi.Yozuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan qulayroq bо‘lgan,
lekin uning ham


о‘ziga
yarasha nuqsoni bо‘lgan.
U ham bо‘lsa,
bu yozuv asosan sо‘zlar
bir yoki ikki bо‘g‘indangina
iborat bо‘lgan
tillar uchun qulay bо‘lgan.
Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. Shu kamchiligi
bor bо‘lgani
uchun  bu yozuv boshqa xalqlar
orasida kam tarqalgan.  





Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng
tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi tо‘rtinchi
mingyillikning oxirida Mesopotamiyada (hozirgi Iroq davlati hududi)da yashagan
shumerlar


о‘ylab
topganlar.




Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun
mixxat deb nom olgan. Mixxat eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning
oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, xettlar, finikiylar tomonidan qо‘llanib
kelingan. Bu yozuvdan Urartu davlati aholisi, forslar va boshqa qо‘shni
xalqlar ham foydalanishgan.




Mixxat yozuvi piktografik yozuvdan kelib chiqqan.Bu dastlab italiyalik savdogar
Pyestro Chella Valle tomonidan


о‘rganilgan.




Mixxat yozuvlari ichida eng kо‘p
tarqalgani forsiy mixxatdir.Bu yozuv eramizdan avvalgi VI-IV asrlargacha
Ahamoniylar davlati hududida qо‘llanib
kelingan. Bu yozuvdan qо‘shni
davlat xalqlari, shu jumladan


О‘rta
Osiyo xalqlari ham foydalanishgan. Ahamoniylar davlatining qulashi bilan bu
yozuvdan foydalanish ham kamaya boshlagan.




4. Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki
belgi tо‘g‘ri
keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va
falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi 
YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga
molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining
oromiy variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt


о‘tishi
bilan bu alifboning juda kо‘p
variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng kо‘p
xalqlar tomonidan qо‘llanib
kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir.
Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda sо‘zlashuvchi
kо‘pgina
xalqlar tomonidan ishlatib kelingan.О‘rta
fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bо‘lgan.
Bu alifbo asosida keyinchalik sо‘g‘d
yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bо‘lgan.
Eramizning YII-YIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib
chiqargan.




Bundan tashqari eroniy vaО‘rta
Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu yozuv
oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bо‘lgan.




Yevropada esa, bu yerdagi tillar uchun grek yozuvining turli variantlari,
xususan, lotin yozuvi qо‘llanilgan.
IX-X asrdagi grek qо‘lyozma
alifbosining yana bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu
tariqa qadimgi rus alifbosi-kirillitsa vujudga kelgan.




Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixida
juda katta hodisa bо‘lgan.Yozuv
vositasida inson


о‘zidan
uzoqda bо‘lgan
boshqa inson bilan aloqada bо‘la
olgan, shuningdek u yoki bu ma’lumotni


о‘zidan
keyingi avlodga qoldirish imkoniga ega bо‘lgan.

Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling