Foydalanish usullari
Paleografiyа. Yozuvlarning paydo bo‘lishi
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Paleografiyа. Yozuvlarning paydo bo‘lishi 1. Paleografiya fani va uning vazifalari. Paleografiya fanining shakllanishi va rivojlanishi, ob’ekti, metodlari. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishda paleografiya fanining o‘rni va ahamiyati. Paleografiya sо‘zi istiloh sifatida ikkita yunoncha sо‘zdan tashkil topgan: «palayos»-qadimgi va «grafo»-yozaman. Paleografiya fani qо‘lyozma manbalarning tashqi belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda о‘rganadi. Paleografiya fani о‘rganadigan u yoki bu qо‘lyozma manbaning tashqi belgi-xususiyatlari quyidagilardan iborat: qо‘lyozma harflari, bu harflarning yozilish xususiyatlari, yozuv turi, qо‘lyozmaning materiali, yozuv qurollari, qо‘lyozmada ishlatilgan bezaklar, qо‘lyozma yozilgan siyoh, qо‘lyozmadagi tamg‘alar, muhrlar, qо‘lyozmaning formati, qо‘lyozma muqovasi va boshqa tashqi belgilar. Paleografiyaning vazifasi quyidagilardan iborat: harflarning grafikasi, xususiyatlarini, harflarning rivojlanishini, yozuvning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish, qо‘lyozmadagi matnni xatosiz о‘qiy olish; qо‘lyozma manbaning yozilgan vaqtini aniqlash; qо‘lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qо‘lyozma kim tomonidan yozilganligini belgilash; qо‘lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki ekanligini aniqlash va hakozo. Paleografiya ilmiy fan sifatida epigrafika, sfragistika, numizmatika, xronologiya, shuningdek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu fanlar bir-birini о‘rganishga yordam beradi va о‘zaro bir-birini tо‘ldiradi. Paleografiyaning ish uslubi: paleografiyaning uslubi asosida qо‘lyozmadagi bir qator belgi-xususiyatlar, masalan, xarflarning grafikasi, yozuvda ishlatilgan material, qо‘lyozmadagi bezaklar, qо‘lyozmani yozishda ishlatilgan yozuv qurollari ustidan о‘tkaziladigan kuzatishlar yotadi. Shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy bir davr uchun о‘zaro mos kelish-kelmasligini aniqlash ham bu fanning ish uslubiga kiradi. Ma’lumki, tarixdagi har qanday davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyot darajasi о‘sha davrdagi yozuvning holatida о‘z izini qoldiradi, yozuvning xususiyatlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda, paleografiyaning tadqiqot obyekti bilan qо‘lyozmalarning tashqi belgilarini bir-biri bilan bog‘laydi. Masalan, arab xalifaligining VIII asr о‘rtalari va IX asr boshlaridagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti о‘sha davrdagi yozuvga о‘z ta’sirini о‘tkaza olgan. Bundan tashqari о‘sha davrda yaratilgan qо‘lyozmalarda ham о‘zining izini qoldirgan ya’ni sekinlik bilan yoziladigan kufiy yozuvi о‘rnida davlat muassasalaridagi ish yuritishda undan kо‘ra tezroq yozish imkoni bor bо‘lgan nasx yozuvi bilan almashgan. Shuningdek, qо‘lyozma yozish uchun ishlatiladigan va о‘sha davr uchun о‘ta qimmat va kamyob hisoblangan papirusni qog‘oz siqib chiqargan. Chunki papirus ish yuritishdagi betinim о‘sib borayotgan ehtiyojni qondira olmay qolgan edi. Yana bir misol: Temuriylar imperiyasining eng rivojlangan davri markazlashgan davlatchilikning eng yuqori darajasiga tо‘g‘ri keladi. Bu davrda yozuvning eng asosiy turi nasta’liq xati hisoblanardi. Tarixdan ma’lumki, arab yozuvlari ichida eng gо‘zal, eng jozibador va xattotdan eng kо‘p diqqat talab qiluvchi yozuv nasta’liq yozuvidir. Taraqqiyotning xuddi shunday bosqichini qо‘lyozmalarning boshqa tashqi belgilari, shu jumladan, undagi bezaklar ham bosib о‘tgan.Bu esa о‘z navbatida nafaqat madaniyat taraqqiyotining ichki shart-sharoitlari, balki tashqi siyosiy va madaniy aloqalarning yanada intensivlashgani bilan bog‘liq edi.Bunda esa, turli xalqlar madaniyatining о‘zaro ta’siri va uning umumtaraqqiyotdagi tutgan о‘rni masalasini keltirib chiqaradi. Xullas, paleografiya fani kо‘makchi tarixiy fanlarning eng muhimlaridan hisoblanadi va tarixni yanada chuqur о‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling