Foydalanishni ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5


Download 34.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1406792
1   2   3   4
Bog'liq
tasviriy-san-at-fanida-didaktik-o-yinlardan-foydalanishni-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
44 
О‘yinda о‘quvchi faol ishtirok etishga, fikr yuritishga, mulohaza qilishga qilgan 
harakatlari ularning butun his tuyg‘ularini ishga soladi. О‘yinli qiziqarli va jonli 
о‘tishga kо‘p jihatdan о‘qituvchining mahoratiga bog‘liq hisoblanadi. 
Didaktik о‘yinlar oddiydan asta – sekin murakkablashtirib tuzilgan bо‘lishi, 
о‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim. 
Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarda quyidagi faoliyatlarni rivojlantirishga e’tibor 
qaratiladi: 
–sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yо‘li bilan aqliy faoliyatidagi 
ijobiy о‘zgarishlarni shakllantiradi; 
–aqliy faoliyatida о‘yinga bо‘lgan qiziqishni rivojlantiradi; 
–bitta о‘yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini о‘stiradi; 
–barcha о‘ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg‘ularini bitta maqsadga 
yо‘naltiradi; 
–о‘quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini 
tarbiyalaydi. 
Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish о‘quvchilar ongida kо‘plab 
kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi. 
Ba’zi о‘yinlarni sinfdan tashqarida о‘tkazish mumkin. Tasviriy san’atdan 
о‘tkaziladigan viktorina, olimpiyada kabi tanlovlarda ham о‘tkazish yaxshi natija 
beradi. 
Domino о‘yini. 
О‘yinning sharti. Rasmlarning kо‘rinishlarini ularning yaqqol tasvirlari bilan 
solishtirib о‘qish. 
Maqsad. О‘quvchilarning chizmalarni о‘qish bо‘yicha olgan malakalarini
idrokini takomillashtirish. 
Jihozlar. Domino toshlari о‘rniga eni 60 mm, uzunligi eniga nisbatan ikki marta 
katta, ya’ni 120 mm li karton qog‘ozlarda rasmning yaqqol tasvirlari va kо‘rinishlari. 
Ana shu karton qog‘ozlarni teng ikkiga chiziq bilan bо‘lib, ularning bir 
tomoniga rasmlarning yaqqol tasvirlari ikkinchi tomoniga о‘sha rasmlarning 
kо‘rinishlari chiziladi. Natijada domino “toshlari” hosil bо‘ladi. Buning uchun oldin 
quyidagi jadval tuziladi: 
O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi 
mavjud muammolani hal etish ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari 
asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh 
avlodga ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali 
ta’lim tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maxsus 
maktab va maktabgacha tarbiya tizimini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib 
borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir. 



Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling