Foydalanishni ahamiyati
Download 34.4 Kb. Pdf ko'rish
|
tasviriy-san-at-fanida-didaktik-o-yinlardan-foydalanishni-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 43 TASVIRIY SANʼAT FANIDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISHNI AHAMIYATI Ochilova Dilrabo Karomatovna Toshkent viloyati Nurafshon shahar 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6696470 Annotatsiya: ushbu maqola tasviriy sanʼat fanida didaktik oʻyinlardan foydalanishni ahamiyati haqida yozilgan bo‘lib, unda darsda qo‘llanadigan didaktik o‘yilar va ularni qo‘llash usullari yozilgan. O‘yinlar orqali darslarni bolaga tez va oson yrtkazish usullari yoritilgan. Kalit so‘zlar: didaktik o‘yilar, bolalar, Domino о‘yini, Tasviriy faoliyat, texnika, yo‘l. Ma’lumki, bolalar jim о‘tirolmaydilar, ular doimo harakatda bо‘ladilar, ya’ni о‘ynaydilar. О‘yin bolalarning tabiiy hamrohi bо‘lib, ularga olam-olam hayojonli quvonch keltiradi. Bolalar о‘yinlar orqali dunyoni, ya’ni tevarak – atrofni о‘rganadi, shu bilan bir qatorda ma’lum darajadagi tarbiyani ham oladi. О‘yin orqali mehnat qilishga о‘rganadi. О‘yin davomida о‘zining sevgan qahramoni obraziga kirib, о‘zida haqqoniylik, yolg‘on gapirmaslik, zehn о‘tkirlik, chaqqonlik, kuchli bо‘lishlik, bardosh berishlik, tez topqirlik, g‘alaba qilishga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. О‘yin qoidalari asrlar davomida xalq tomonidan qonunlashtirilib ularning tarbiyaviy ahamiyatiga kо‘p e’tibor berilgan. Shuning uchun maroq bilan kо‘p о‘ynaydigan bolalar zehni о‘tkirligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Umuman olganda, о‘yinni gо‘dak boladan tortib mо‘ysafitgacha о‘ynashi mumkin. О‘yinlarni odamlar о‘z yoshiga qarab tanlashadi. Yosh bolalar kо‘proq harakat bilan bog‘liq о‘yinlarni tanlashadi. Chunki, ularning о‘sishi, ulg‘ayishi buni talab qiladi. Yoshi ulg‘aygan sari odamlar asta-sekin kо‘proq fikr yuritadigan о‘yinlarni tanlashadi. Har xil о‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasining maxsuli bо‘lib, о‘qituvchilar dars berishi jarayonida shu о‘yinlarning ba’zi elementlaridan foydalanishlari zarur. О‘quvchilarning yuqoridagi fazilatlarini о‘rganib, chizmachilik darslariga о‘yin elementlarini kiritish lozim. An’anaviy dars jarayonida о‘quvchilarning zerikishlarini, charchashini sezish bilan о‘qituvchi 5-6 minutlik mavzuga bag‘ishlangan о‘yin о‘tkazishi lozim. Chizmachilikdan о‘tkaziladigan har bir о‘yin о‘ziga hos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Bu yerda о‘qituvchi sinfdagi barcha о‘quvchilarning diqqatini о‘tkaziladigan qisqa muddatli о‘yinga jalb qila bilishi katta ahamiyatga ega. Download 34.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling