Foydalanishning nazariy-pedagogik asoslari
Download 185.42 Kb.
|
Urazkulova kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash.
- Klaster” metodining qoidalari “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi
- MUAMMO
- Modifikatsiyalangan shakli o`zgartirilgan ma’ruza.
- Muayyan xolatni (vaziyatni) urganish.
- Har kim har kimga o`rgatadi.
- Qarama-qarshi munosabat” metodi
- Zakovatli zukko” metodi
- Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi
- Metoddan foydalanish bosqichlari 1-bosqich
- 4-bosqich
- 6-bosqich
Improvizatsiya – tayyorgarliksiz bayon etish usuli bo’lib, o’qituvchi o`quvchilarga savol yoki topshiriq beradi va darhol uning javobini tayyorgarliksiz tushuntirib berishlarini so’raydi. Bu usulning afzalligi shundaki, o`quvchilar o’z shaxsiy fikrlariga, dunyoqarashiga ega bo’ladilar, ularning og’zaki nutqi rivojlanadi, har bir savol-topshiriqlarni xotirada tez-tez tahlil qila olish ko’nikmalari shakllanadi. Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan oldin metodni o`tkazuvchi qatnashchilar uchun yetarli darajadagi qulay tashqi muhitni yaratish lozim bo`ladi: ularni qulay joyga o`tkazadi, xonani shamollatadi, sokin musiqadan foydalanadi, g`oyalarning generatorlariga kofe yoki salqin ichimliklar ulashadi va hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emotsional holatini ko`tarish uchun “Aqliy hujum” rahbari yetarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomala qiladigan bo`lmog`i lozim. Aqliy toliqishni oladigan psixologik mashqlarni o`tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo`limlar talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni yechish mumkin. Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o`tkazishning bevosita shartlariga o`tish mumkin bo`ladi. ekranda: - maqsadlar, reja va qoidalar aks ettiriladi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi.(22,32) Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning asosini tashkil yetadi. Hozirgi davr talabiga asosan har bir pedagog o’z mashg’ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil yetishi taqozo yetiladi. Shuning uchun har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z mashg’ulotlarida o’quvchilarga chuqur bilim berishi uchun innovatsion metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. “Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash. Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma`qul. Chunki aynan shu shior mutaxassislar komandasini g`oyalarning tezlik bilan tug`ilishiga jalb qiladi. Metodni o`tkazuvchi ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan, 1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi! 2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz! 3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolma
4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi! 5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz! Modellashtirish. O`qitishning bu usuli o`z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o`z ichiga oladi. Qo`llanilishi: - turli vaziyatlarda kerak bo`ladigan ko`nikmalarni qo`llashda; - oddiy va murakkab mehanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko`nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda. - xavfli va kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatlarda, boshqarish ko`nikmalarini mustahkamlashda; - ilgari o`rnatilgan printsiplarni real hayotiy vaziyatlarda qo`llashda. Afzalligi: - o`quvchilar faolligi va jalb qilishning mustahkamlaydi; - eslab qolishni kuchaytiradi. “Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi “Klaster” metodi
Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to` g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang “Klaster” metodining qoidalari “Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):
1-g`oya 2-g`oya 3-g`oya QAROR “Qaror shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo`laniladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 2. O`qituvchi o`quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilish, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 3.Qaror qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a`zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a`zolari bir to`xtamga kelib oladilar. 4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a`zolari o`z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o`qituvchi rahbarligida barcha o`quvchilar bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug`ilgudek bo`lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo`lsa, o`qituvchi buning sababini izohlaydi.(17) Innovatsiya – lotincha so`z bo`lib «yangilikni kiritaman, tadbiq etaman, o`zgartiraman » degan ma’nolarni bildiradi. Innovatsion usullar: 1. Modellashtirish. (treynirovka) 2. Namoyish qilish. 3. Kichik guruhlarda ishlash. 4. Aqliy hujum. 5. Tanqidiy tafakkur. 6. Debatlar. 7. Nuqtai nazaring bo`lsin. 8. Har kim har kimga urgatadi. 9. Rolli o`yinlar. 10. Muayyan holatni (vaziyatni) o`rganish. 11. Modifikatsiyalangan ma’ruza. 12. O`yinlar. 13. Bingo. 14. Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida.
Demonstratsiya- «kursataman, isbotlayman» degan ma’noni anglatadi. Bu o`qitishning usulida o`qituvchi topshiriqni bajarib, o`quvchilarga bu topshiriqni qanday bajarish kerakligini ko`rsatadi. Bu o`qitishning usulidan so`ng o`quvchilarga topshiriqni bajarib ko`rish imkonini berish kerak. Qo`llanilishi: - topshiriqni qanday bajarishni ko`rsatish uchun; - muammolarni hal qilishga o`rgatishda; - texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o`rgatishda. Afzalligi: - o`quvchi o`z ko`zi bilan ko`radi; - tushunish va eslab qolishga yordam beradi; - qiziqishni oshiradi; - o`qitishning juda faol shakli ekanligi.
O`qitishning bu usulida o`quvchilar «real hayot» holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o`z amaliy ish faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko`rish va tekshirish imkonini beradi. Qo`llanilishi: - yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini kursatishda; - o`quvchilarni nazariyani amaliyotda qo`llab ko`rishga o`rgatishda; - o`quvchilar faolligini yanada oshirishda. Afzalligi: - « real hayot » ning qayta tiklanishi; - o`quvchilarning mavzuga chuqurrok jalb qilinishi; - o`quvchilarning muammoga boshqacha yondashuvini ko`rish imkonini berish. (32) Guruh munozarasi: O`qitishning bu usuli o`quvchilarning o`zaro muloqoti va fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki muammo ishlab chiqiladi. Qo`llanilishi. - qiziqishni kuchaytirish va o`ylash, fikr yuritishga chorlashda; - ma’ruza, o`qish va boshqa usullarni mustahkamlashda; - mashg`ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda; - muammoning ko`zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda; - yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda; - mavzu tushunarliligini baholashda; - o`quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda. Afzalligi: - o`quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishini mustahkamlaydi; - o`quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Bu o`qitish usulida o`qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o`quvchilarga yetkazadi, formulalar chiqarishda o`quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo an’anaviy ma’ruzadan farqi o`qituvchi va o`quvchi orasida muloqot ketadi. Qo`llanilishi: - o`quvchilarga umumiy axborot berish uchun; - fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun; - qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, roli o`yin va boshqa turdagi usullarni qo`llashdan oldin; - ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo`llashni namoyish qilish uchun. Afzalligi: - tezkorlik bilan amalga oshirilishi; - katta guruhlarda samaraliligi; - kam resurslarni talab qilishi; - boshqa usullar bilan birgalikda qo`llash mumkinligi; - vaqtni yengil boshqara olishi; Guruhni birgalikda ishlash imkonini beradi. Muayyan xolatni (vaziyatni) urganish. Bu o`qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. Bu usul kichik guruhlarda o`tkazilib, o`qish, o`rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqozo etadi. Qo`llanilishi: - dars mazmuni haqida har tomonlama o`ylab so`zlashga o`rgatishda; - muammoni hal qilish qobiliyatini, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni shakllantirishda; - boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda. Afzalligi: - o`quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi. - ta’lim olish tugagandan so`ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga imkon beradi; - o`qitishni kuzatish mumkinligini. Tanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur uslubi o`qituvchi qo`ygan masala yoki muammoni o`quvchi o`z fikrini bayon qilish, o`zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o`z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal qilish imkoniyatiga ega bo`lishiga asoslangandir. Qo`llanilishi: - o`quvchiga o`z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat berilishida; - o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazarni muhokama qilish jaroyonida; Afzalligi: - o`quvchi o`z fikrini asoslaydi; - ta’lim oluvchilarga erkin so`zlash imkonini beradi. Aqliy hujum. Aqliy hujum – sinfdagi har bir o`quvchi oldiga o`qituvchi qo`ygan savol yoki muammo yuzasidan o`z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o`quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir kalla yaxshi, yigirma bittasi undan yaxshi» printsipi bo`yicha o`qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo`lib, istesno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlari, shu jumladan, aytarli to`g`ri bo`lmaganlari ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o`quvchilarning qo`yilgan savol yoki muammoni to`g`ri tushunishlariga imkon beradi. Qo`llanilishi: - savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda; - muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda; - fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda; Afzalligi: - aytilgan fikrlar tanqid yoki muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi o`quvchilarning mazmunining ilmiyligiga chuqurroq jalb qilinishi; - belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o`z fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi.
«Har kim har kimga o`rgatadi » uslubi o`quvchilarga o`rgatuvchiga aylanish, ma’lum bilimlarni o`zlashtirgach, o`rtoqlari bilan baham ko`rish imkonini beruvchi o`qitish uslubidir. Bu uslubning maqsadi o`quvchilarga o`qitish jaroyonida zarur bo`lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o`quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg`otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o`quvchi ma’lum vaqt davomida uni iloji boricha ko`proq o`rtoqlariga yetkazadi. Qo`llanilishi: - o`quvchilada axborot olish va berishga qiziqish uyg`otish uchun; - axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun; - sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun. Afzalligi. - o`z fikrini lo`nda bayon etishi; - tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish; - fanga yoki mavzuga bo`lgan qiziqishni uyg`otish. Debatlar. Debatlar – o`z nuqtai nazarini asoslashda sinfdagi barcha o`quvchilarning bahslashuvda faol ishtirok etishini ta’minlovchi o`qitish uslubidir. Bu uslubdagi foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. O`quvchi o`z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois o`qituvchi sinfni ikki guruhga bo`lgan holda munozarani atayin avj oldiradi. (guruhlarga bir-biriga zid nuqtai-nazarlarni aytadi, bahsli topshiriqlar beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo`ladi. Qo`llanilishi. - bahsda o`quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanganda; - muammoni hal qilishda mohirlikka o`rgatishda; - fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda. Afzalligi: - o`quvchilarni bahslashishga o`rgatadi; - munozara madaniyatiga o`rgatadi; - asoslab berish malakasini oshiradi. Demak, yuqoridagilarni tajribada qo`llab, o`rganib, o`quvchilarning ko`nikma, malaka me’yorini quyidagicha belgilash mumkin: 1. Nimani o`qidim? (o`qiganda) - 10 % 2. Nimani eshitdim? (eshitganda) - 20 % 3. Nimani ko`rdim? (ko`rganda) - 30 % 4. Nimani eshitdim va ko`rdim? - 50 % 5. Muhokama, bahs-munozara - 70 % 6. Shaxsan o`zim bajardim - 80 % 7. Ustoz bilan birga bajardim - 90 % Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion usullarni qo`llab dars o`tilganda sinfda, o`zlashtirmaydigan o`quvchi qolmaydi. Deyarli barcha o`quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. O`quvchilarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o`rganishlariga imkon yaratiladi. “Zig-zag” metodi Metod o`quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tezkor va puxta o`zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 1. O`quvchilarda jamoa ( yoki guruh) bo`lib ishlash ko`nikmasi shakllanadi. 2. Mavzuni o`zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. “Zig-zag” metodini qo`llash jarayonida quyidagi harakatl;ar amalga oshiriladi: sinf o`quvchilari bir necha guruhga bo`linadi; yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ham tegishli ravishda 5-7 qismga ajratiladi; har bir guruhga mavzuning muayyan qismi beriladi va uni o`rganish vazifasi topshiriladi; belgilangan vaqt mobaynida guruhlar matn ustida ishlaydilar; vaqt tejash maqsadida guruh a`zolari orasidan lider tanlanadi va ular o`rganilgan matnga oid asosiy ma`lumotlarni guruhdoshlariga so`zlab beradilar; liderlarning fikri guruh a`zolari tomonidan to`ldirilishi mumkin; barcha guruh o`zlarig berilgan matnni puxta o`zlashtirganlaridan so`ng matnlar guruhlar aro almashtiriladi; bu bosqichda ham, yuqoridagi faoliyat takrorlanadi; shu tahlitda mavzu mohiyatini yorituvchi yaxlit matn o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladi. “Qarama-qarshi munosabat” metodi Metod o`z mohiyatiga ko`ra o`zlashtiril;gan bilimlarni tahlil va sintez qilish orqali asosiy hamda ikkinchi darajalima`lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo`llashda quidagi harakatlar amalga oshiriladi: O`quvchilar faoliyatini samaradorligini ta`minlash uchun ularning e`tiborlariga quyidagi jadvalllarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir. 1. Yakka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun:
2. Jamoa asosida ishlash jarayoni uchun:
“Zakovatli zukko” metodi Mavjud bilimlarni puxta o`zlashtirishda o`quvchilarning fikrlash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. “Zakovatli zukko” metodi o`quvchilarda tezkor fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o`z xohishlariga ko`ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko`rish istagi bo`lgan o`quvchilar uchun qulay sharoitni yaratadi. Ular o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to`g`ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko`ra har bir savolga qaytarilgan to`g`ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o`rtacha arifmetik qiymatikni toppish asosida o`quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi o`quvchilarning tafakkur tezligi imkoniyatlari to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishlarini ta`minlaydi. Metod o`quvchilar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo`llanilishi mumkin.(30) “Zanjir” metodi Ushbu metodning mohiyati: mantiqiy ketma-ketlikka asoslanadi; oddiydan murakkabgacha borgani sari savollar bir-birini to`ldiradi; muammoli vaziyatlar sodir bo`ladi; o`quvchini mustaqil fikrlashga undaydi; qaytar aloqa o`rnatiladi; ijodiy muhit shakllanadi; faol harakat vujudga keladi; hamfikrlik asosida do`stona munosabat qaror topadi. “FSMU” metodi “FSMU” metodi munozarali masalalaeni hal etishda, baxs-munozaralar o`tkazishda yoki o`quv-seminarlari yakunida, yoki o`quv rejasi asosida biron bo`lim o`rganib bo`lingach qo`llanilishi mumkin. Bunda o`quvchilarni fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini asoslashga, o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga , ochiq holda bahslashishga, shu bilan birga o`quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga, tahlil etishga hamda tinglovchilarda bahslashish madaniyatini takomillashtirishga hissa qo`shadi.
F-fikringizni bayon eting. S- fikringizni bayoniga sabab ko`rsating. M- ko`rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring. U- fikringizni umumlashtiring. 6x6x6 metodi Ushbu metod yordamida bir vaqtning o`zida 36 nafar o`quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma`lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a`zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. 6x6x6 metodi asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotda har biri 6 nafardan ishtirokchi bo`lgan 6 ta guruh o`qituvchi tomonidan o`rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o`qituvchi 6 ta guruhlarning har birida avvalgi guruhdan bittadan vakil qoldirib yangi guruhlar tashkil etadi. Yangi shakllangan guruh a`zolari o`z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar 6x6x6 metodining afzallik jihatlari quyidagilardir: guruhlarning har bir a`zosini faol bo`lishga undaydi; ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta`minlaydi; guruhning boshqa a`zolarining fikrlarini tinglay olish ko`nikmalarinin hosil qiladi; ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o`z fikrini himoya qilishga o`rgatadi. Eng muhimi mashg`ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma`ruzachi sifatida faoliyat olib boradi. Ushbu metodni 5,6,7 va hatto 8nafar o`quvchidan iborat bo`lgan bir necha guruhlarda ham qo`llash mumkin. Biroq yirk guruhlar o`rtasida 6x6x6 metodi qo`llanilganda vaqtni ko`paytirishga to`g`ri keladi. Chunki bunday mashg`ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun ham qo`llanilayotgan mashg`ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. 6x6x6 metodidan ta`lim jarayonida foydalanish o`qituvchidan faollik, pedagogic mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo`lishni talab etadi. Guruhlarning to`g`ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to`g`ri hal etilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. 6x6x6 metodi yordamida mashg`ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O`qituvchi mashg`ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo`yib chiqadi. 2. O`quvchilar o`qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo`linadilar. O`quvchilarni guruhlarga bo`lishda o`qituvchi quyidagicha yo`l tutishi mumkin: 6 ta stolning har biriga muayyan obyekt (masalan, kema, to`lqin, baliq, delfin,kit, akula) surati chizilgan lavhani qo`yib chiqadi.mashg`ulot ishtirokchilar iga kema, to`lqin, baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Har bir o`quvchi o`zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo`yilgan stuldan joy egallaydi. 3. O`quvchilar joylashib olganlaridan so`ng o`qituvchi mashg`ulot mavzusini e`lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlar beradi. Ma`lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi. 4. O`qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o`rinlarda guruh a`zolariga maslahatlar beradi, yo`l-yo`riqlar ko`rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to`g`ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so`ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so`raydi. 5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o`qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo`lishiga alohida e`tibor qaratiladi. O`quvchilar o`z o`rinlarini almashtirib olganlaridan so`ng belgilangan vaqt ichida guruh a`zolari avvalgi guruhlarga topshirilgan vazifa va yechimi xususida guruhdoshlariga so`zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar ( topshiriq yechimlari)ni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.(17)
“Veyer” bu metod murakkab, ko`ptarmoqli, mumkin qadar muaammo xarakteridagi mavzularni o`rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo`yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. “Veyer” metodi tanqidiy, tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o`z g`oyalari va fikrlarini yozma va og`zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Ushbu metod mavzuni o`rganishning turli bosqichlarida qo`llanilishi mumkin: - boshida o`z bilimlarini erkin faollashtirish; - mavzuni o`rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish; - yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish. Asosiy tushunchalar quyidagilar: 1. Aspekt(nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa va tushuncha tekshiriladi. 2. Afzallik - biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunliki, imtiyoz. 3. Fazilat - ijobiy sifat. 4. Nuqson - nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik. 5. Xulosa - muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo`yicha dalildan natijaga kelish.
- jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; - muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish
- murosali qarorlarni topa olish mahorati; - o`zgalar fikriga hurmat; - xushmuomalalik; - faollik; - ishga ijodiy yondashish; - muammmoga diqqatini jamlay olish mahorati.
“Intsedent” metodi “Intsedent” metodda mashg`ulotlarni olib boorish, o`quvchilarning ekstremal holatlarda tezkorlik bilan muammolarni yechimini toppish ko`nikmasini hosil qilishga o`rgatadi. O`tkazish qoidasi: o`quvchilarga muammo yuzasidan qisqacha axborot beriladi va o`quvchi 0.5-1 minut davomida javob berishi shart. Bu usul o`quvchilarni shoshilinch holatlarda ishlashga va fikr yuritishga o`rgatadi. Metodning ahamiyatli tomoni shundaki, uning to`liqligi emas, balki aniqligi va tezkorligi inobatga olinadi va o`quvchi 1.0 koeffitsiyent bilan baholanadi. Ushbu metod darsning hamma bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.(22) “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi So`z yuritilayotgan metod E.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. Metodning mohiyati quyidagicha: Jamoa asosida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o`quvchining shaxsiy imkoniytlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish; O`quvchilarda ma`lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir. Yuqorida mohiyati bayon etilgan “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodini , ijtimoiy-gumanitar va tabiiy yo`nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etilgan mashg`ulotlar bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir: Metoddan foydalanish bosqichlari 1-bosqich Ruhiy jihatydan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilarni o`zida biriktigan hamda son jihatidan teng bo`lgan kichik guruhlarni shakllantirish 2-bosqich Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash 3-bosqich Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi) 4-bosqich Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to`gri hal etilganligiga ko`ra turkumlarga ajratish 5-bosqich Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlash, ya`ni, ularning to`g`riligi, yechimi toppish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etlishi kabi mezonlar asosida baholash 6-bosqich Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular “Skarabey” metodi “Skarabey” metodi o`quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, muammoni hal qilishda o`z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur metod mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o`rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi hamda turli g`oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon beradi. Mazkur metod oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatining fikrlash, bilish xusuxiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo`lib, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o`tkazish imkoniyatlariga ega. “Skarabey” metodidan alohida ishlarda, kichik guruhlarda va mashg`ulotlar o`tish jarayonida qo`llanilishi mumkin. Bu jarayonda ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchi, o`qituvchi va o`quvchida muloqot va tafakkur xususiyatlari rivojlanadi. Ta`limdan tashqari “Skarabey” metodi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: - o`zgalar fikriga hurmat; - jamoa bilan ishlash mahorati; - imkoniyatni ko`rsatish ehtiyoji; - xushmuomalalik; - ishga ijodiy yondashish; - o`z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; - “men”ligini ifodalashga imkon beradi; - o`z faoliyati natijalariga mas`ulllik va qiziqish uyg`otadi.
“Bumerang” metodi “Bumerang” metodi bir mashg`ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda o`rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga ( muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga qulay bo`lib, o`z ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir mashg`ulot davomida tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, o`qituvchi, o`quvchining turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`qituvchi yoki oquvchi, iqtisodchi yoki tadbirkor, rahbar yoki xodim rolida bo`lishi, kerakli ballni to`plashiga imkoniyat yaratadi. “Bumerang” (Bumerang- inglizcha- boomerang- bukilgan yog`och yoki plastmasssa xalqa(o`roqqa o`xshash) uloqtirgan kishiga qaytib keladi.) metodi tanqidiy tanqidiy fikrlash mantiqni shakllantirish imkonini yaratadi, xotirani, 54 g`oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og`zaki bayon qilish ko`nikmalarinin shakllantiradi. Shu bilan birgalikda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalik, xushfe`llik, ko`nikuvchanlik, o`zgalar fikriga hurmat, faollik, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o`z faoliyatini samarali bo`lishiga qiziqish, o`zini xolis baholash. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar – bu savollar muomala, so`zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Unda qisqa, bir xil javob berish mumkin emas. Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” va “yo`q” tipidagi to`g`ri, ochiq javoblarni berishni ko`zda tutadi. Mazkur metod tarbiayviy xarakterdagi qator vazifalarni amalaga oshirish imkonini beradi, ya`ni: - bo`lajak o`quvchilarda jamoa bilan ishlash mahorati; - muomalalik, xushfe`llik; o`zgalar fikriga hurmat; - rahbarlik sifatlarini shakllantirish; ishga ijodiy yondashish; - o`z faoliytini samarali bo`lishiga qiziqish; - o`zini xolis baholash kabilar. Ko`ndalang so`roq – bir-biriga guruhlab beruvchi qisqa savollar qatori bo`lib bu o`ziga xos axborotlar izlash hamda dalilllarni opponentlar pozitsiaysini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoiyb imkoniyatdir. Dars yakunida har bir o`quvchiga baholar qo`yilgach o`quvchilar fikrini bilish uchun quyidagi chizmadan foydalanish mumkin.(16)
Download 185.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling