II.Uy vazifasini so`rab, baholash.
“Maqtanchoq g`oz” mavzusi yuzasidan o`quvchilardan rolli o`yin bajarishlari so`ralib, baholanadi. Qayta hikoya qilish, o`qish tezligi tekshiriladi.Chizilgan rasmlar tahlil qilinadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Mavzu: Hakka va uning bolalari.
Mavzu o`qib beriladi. O`quvchilardan tushunmagan so`zlarni topish so`raldi. Lug`at ishi.
Duch keldi- uchrashib qoldi.
Nishon- mo`ljal
E’tiroz- norozilik
Dam olish daqiqasi
“Ola qanot hakkalar” qo`shig`i asosida harakatlar qilib dam oldilar.
Ola qanot hakkalar
Shoxdan-shoxga qo`nasiz
Chug`urchuqlab nimanidir
Izlab topgan bo`lasiz.
Guruhchalarga “Hakka” so`zini tarmoqlash vazifasi beriladi.
Guruhlar taqdimoti tinglanib umumiy xulosalar chiqariladi.
Qissadan hissa chiqariladi:
BOTIR BOTMAS BOTOQOQQA
Savolarga guruhlarning javoblari:
1-guruhga: Ona hakka bolalariga nima debdi?
2-guruhga: Bolalari nega ona hakkaning aytganini qilishni xohlamabdilar?
3-guruhga: Ona hakka nima uchun bolalarini dalada qoldirib ketibdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |