Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash
Download 129,69 Kb.
|
Qurbonova Iroda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchanlik
Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash Foydalanuvchanlik. Kompyuter xavfsizligi axborot va axborot tizimlarini ruxsatsiz foydalanish, ochish, buzish, o‘zgartirish yoki yo‘q qilishdan himoya qilishni anglatib, uning eng muhim maqsadi axborot konfidensialligini, yaxlitligini va foydalanuvchanligini ta’minlashdir. Kompyuter tizimlaridan ma’lumotlarni saqlash va ishlash uchun foydalanilsa, xavfsizlikni nazoratlash vositalari ma’lumotlarning suiste’mol qilinishidan himoyalashda ishlatiladi. O‘z navbatida, axborot Tizimlarining o‘z maqsadiga erishishiga imkon beruvchi Foydalanuvchanlikni ta’minlash muhim hisoblanadi. Foydalanuvchanlik tushunchasiga turli soha korxonalari va olimlar tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan, xususan: - konfidensial ma’lumotlarga yoki manbalarga ehtiyoji bo‘lganlar uchun foydalanish imkonini berish; - vakolatli foydalanuvchilarning ma’lumotlardan va axborot tizimlaridan o‘z vaqtida va ishonchli foydalanish imkoniyati; - obyektlardan qonuniy foydalanish imkoniga ega vakolatli shaxslarning tizimga kirishiga to‘sqinlik qilmaslik; - tizimlarning tezkor ishlashini va qonuniy foydalanuvchilarga rad etilmaslikni kafolatlash. Hozirda barcha sohalarda axborot texnologiyalarining keng joriy qilinishi tashkilot yoki korxonalar faoliyatini yuritishda muhim ahamiyat kasb etayotgan bo‘lsada, tashkilotda axborot tizimlari bilan bog‘liq muammo kuzatilsa, uning faoliyati katta yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin. Faraz qilaylik, xosting provayderlarida xizmat ko‘rsatishda 99% foydalanuvchanlik ta’minlangan bo‘lsin. Bu qiymat ko‘rinishdan katta bo‘lsada, bir yilda 87 soat (3.62 kun) xizmat ko‘rsatilmaganligini anglatadi. Bu vaqt ichida tashkilot, xizmat ko‘rsatish hajmiga bog‘liq, turlicha zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi holda, hattoki 99.9% xizmat ko‘rsatishda foydalanuvchanlikka erishilgan bo‘lsada, yiliga 9 soat yo‘qotish kuzatiladi. Xizmat ko‘rsatishdagi mazkur zararlarni kamaytirish nafaqat Facebook yoki Amazon kabi yirik korporasiyalar uchun, balki barcha tashkilotlar uchun ham muhim hisoblanadi. Xususan, 2013 yilda 30 daqiqa davomida www.amazon.com saytining ishlamay qolishi kompaniyaga 2 million dollarga (daqiqasiga 66 240 $) tushgan. Yuqori foydalanuvchanlik - o‘zida quyidagi 3 ta omilni birlashtiradi: - xatolarga bardoshlilik: bu omil tizimda xatolik kuzatilgan taqdirda ham ishlamay qolmaslik shartini ko‘rsatadi; - taqdim etilayotgan xizmatlarning kafolati: xizmatlar, shuningdek, tizimlar ham har doim mavjud bo‘lishi kerak; - Ma’lumotlar xavfsizligi:infrastruktura tarkibidagi ma’lumotlar yaxlitligi, undagi jarayonlar va xodimlar ishlamay qolgan taqdirda ham ta’minlanishi shart. Download 129,69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling