Foydalanuvchanlik tushunchasi va zaxira nusxalash


Download 129.69 Kb.
bet2/3
Sana07.10.2023
Hajmi129.69 Kb.
#1694464
1   2   3
Bog'liq
Qurbonova Iroda

Zaxira nusxalash. Hozirgi kunda ma’lumotlarning yo‘qolishi
tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bo‘lib, buning
natijasida tashkilot katta zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun,
tashkilotdan muhim ma’lumotlarni muntazam zaxira nusxalab borish
talab etiladi.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash – muhim ma’lumotlarni nusxalash
yoki saqlash jarayoni bo‘lib, ma’lumot yo‘qolgan vaqtda qayta tiklash
imkoniyatini beradi.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad
quyidagilar:

zarar yetkazilganidan so‘ng tizimni normal ish holatiga
qaytarish;

tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotlarni yo‘qolganidan
so‘ng uni qayta tiklash.
Tashkilotlarda ma’lumotlar yo‘qolishi moliyaviy tomondan va
mijozlarga aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy
kompyuterda esa shaxsiy fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli
ma’lumotlarni yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi.
Ma’lumotlarni yo‘qolishiga quyidagilar sababchi bo‘lishi mumkin:
-
Inson xatosi: qasddan yoki tasodifan ma’lumotlarning o‘chirib
yuborilishi, ma’lumotlarni saqlash vositasini to‘g‘ri joylashtirilmaganligi
yoki ma’lumotlar bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
-
G‘arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarning modifikatsiyalanishi yoki o‘g‘irlanishi.
-
Tabiiy sabablar: energiyaning o‘chishi, dasturiy ta’minotning
tasodifiy o‘zgarishi yoki qurilmaning zararlanishi.
-
Tabiy ofatlar: zilzila, yong‘in va h.
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira
nusxalash quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-
muhim ma’lumotlardan yo‘qolgan va zararlangan taqdirda
ham foydalanish;
-
tashkilotlarni o‘z faoliyatining to‘xtatilishidan himoyalash va
ma’lumotlarni ixtiyoriy vaqtda tiklash;
-
tashkilotdagi yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklash.
Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi
ma’lumotlarning turiga bog‘liq va quyidagi omillarga asoslanadi:
-

Download 129.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling